Verska(1 128) 2017 yil p65



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

190-mashq.
Uyga vazifa. Sof va vazifadosh bog‘lovchilar ishtirokida
matn tuzing. Matnga sarlavha qo‘ying. Bog‘lovchilarning tagiga chizib,
turini ayting.
?


93
BIRIKTIRUV BOG‘LOVCHILAR
1-topshiriq. Berilgan gapdagi nuqtalar o‘rniga va, bilan, hamda,
-u (-yu)-da yordamchilarini almashtirib qo‘yib ko‘ring.
Otni soy bo‘yiga bog‘ladi ... o‘zi yuqoriga chiqib ketdi. (Abdulla
Qahhor)
2-topshiriq. Yuqoridagi bog‘lovchi vositalarning qanday umumiy
ma’no ifodalashini topishga harakat qiling.
Teng munosabatdagi gap bo‘laklarini va gaplarni
o‘zaro biriktirib keluvchi bog‘lovchilar biriktiruv bog‘-
lovchilari hisoblanadi.
Biriktiruv bog‘lovchilariga vahamda sof bog‘lov-
chilari, bilan ko‘makchi-bog‘lovchisi, -u (-yu), -da,
ham yuklama-bog‘lovchilari mansubdir. Bulardan
ham bog‘lovchi vazifasida yakka va takror holda
qo‘llaniladi.
-u (-yu)-da o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha
bilan ajratiladi.
191-mashq.
 Matnni o‘qing. Biriktiruv bog‘lovchisi qatnashgan gaplarni
ko‘chiring. Biriktiruv bog‘lovchilari haqidagi fikringizni ayting.
Ilmning foydasi shu qadar ko‘pki, ta’riflagan bilan ado qilish
mumkin emas. Bizlarni jaholat qorong‘uligidan qutqaradi.
Madaniyat, insoniyat, ma’rifat dunyosiga chiqarib, yomon
fe’llardan, bema’ni ishlardan qaytaradi. Yaxshi xulq va adab
sohibi qilib, Alloh taologa muhabbat va e’tiqodimizni orttiradi.
Payg‘ambarimiz: «Ilmga amal qiluvchilardan bo‘lingiz, naql
va rivoyat qiluvchilardan bo‘lmangiz», – deganlar.
Ilm bir daryo – ichi to‘lmish dur-u gavhar bilan,
Qiymat-u qadrin qachon bilgan oni johil – yilon.
Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidir. Shariatimizda
qaysi ilmga muhtoj bo‘lsang, shuni bilmoq bizga farzdir.
!


94
Shuning uchun o‘qimoq, bilmoq zamonlarini qo‘ldan boy
bermay, vujudimizning dushmani bo‘lgan jaholatdan qutul-
moqqa jonimiz boricha harakat qilmog‘imiz lozim. (Abdulla
Avloniy)






Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin