183-mashq. Bog‘lovchilarni topib, tagiga chizing, qanday vazifa bajarayotganini ayting. Pashshaning gapi to‘g‘rimi? Siz qanday munosabat bildirasiz? Bir pashsha qir tarafdan uchib kelayotgan bolarini ko‘rib:
«Oh birodar! Bir boshing uchun buncha harakat qilasan! Sen
ham men kabi rohatda yashasang bo‘lmaydimi, chunki mening
hayotimda hech bir mashaqqat yo‘q. Insonlar tomonidan
hozirlangan dasturxonlardan har xil taomlarni yeb-ichib, umr
o‘tkazaman. Ba’zi vaqtlarda sen yig‘gan bolingdan ham
to‘ygunimcha yeyman. Yashamoq mana! Umr kechirmoq
uchun olamda bundan yaxshi sharoit bo‘ladimi? Menda na
bol tayyorlamoq mashaqqati va na uya solmoq kulfati bor», –
dedi. («Gulxan»dan)
Savol va topshiriqlar 1. Berilgan so‘zlar ichidan bog‘lovchilarni ajrating. Ularning turini
aniqlab gaplar tuzing. Uchun, tomon, bilan, hamda, va, biroq,
ichida, hamisha, ammo, ketmoq, yo ... yo, chunki.
2. Bog‘lovchilar qaysi belgisiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
184-mashq. Uyga vazifa. «Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan» mavzu- sida bog‘li matn tuzing. Undagi bog‘lovchilarning tagiga chizib, turini aniqlang. TENG BOG‘LOVCHILAR 1-topshiriq. Berilgan gaplar tarkibidagi bog‘lovchilarning vazifasini
aniqlang.
1. Ona bilan bola – gul bilan lola. (Maqol) 2. Hammasini ting-
lardim, ammo O‘xshashini topmasdim aslo. (Hamid Olimjon) 3. O‘k-
tam tolga suyanib, dam cholga, dam tegirmonga qarab indamay
turaverdi. (Oybek)
2-topshiriq. Bog‘lovchilar yordamida bog‘lanib kelayotgan bo‘-
lak va gaplar o‘rtasida qanday ma’no munosabati borligini aniq-
lang.
?