87
vilarning fojiasi shuki, ular baxt
bilan baxtsizlikni farqlay
olmaydi. (
Nazar Eshonqul) 7. Jiyda esa bahor paytlari butun
shaharni o‘zining hidi bilan to‘ldirardi. (
Nazar Eshonqul)
8. Mehmonlarga non bilan tuz tutdilar. (
«Gulxan»dan) 9. Pirim-
qul Qodirov bilan Odil Yoqubov xonaga kirib keldilar. (
E. Vo-
hidov) 10. Ustod bilan shogird ko‘rishib bo‘lguncha, olisroqda
iymanib turgan Qalandar bilan Muhammad Xisrav ham
yaqinroq kelib, salom berishdi. (
O. Yoqubov)
180-mashq.
Gaplarni ko‘chiring, bog‘lovchilarni topib, ularni izoh-
lang.
1. Yupanch topdingmi dunyoga kelib, Ustoz yo shogirddan,
yoki tengdoshdan. (
A. Oripov) 2. Nozimaxon
goh mashin-
kasini, goh tikuv mashinasini yurgizib allamahalgacha ishlab
o‘tiribdi. (
Xayriddin Sulton) 3. Matniyoz xotini nima desa shuni
qilardi-yu, lekin ich-ichidan unga achinib qo‘yardi. (
Asqad Mux-
tor) 4. Men ham eshitgan va ko‘rganimni
aytaman-da, jo‘ra.
(
N. Aminov) 5. Humoyun va Hindol ammalariga yelkalarini
berib ko‘rishar ekanlar, yosh ayollar ularga bosh egib ta’zim
qildilar. (
P. Qodirov) 6. Mirzaqul yerga qaradi va boshiga
telpagini qaytadan kiydi. So‘ng nimanidir aytmoqchi bo‘lib
taraddudlandi-yu,
lekin aytmay, indamay qoldi. (
Nazar Eshon-
qul) 7. Ilm ahlining g‘animlari bo‘lmish mustabid shohlar kelib
ketaverar, ammo bu maskan, bu
zahmatkash xalq abadul-abad
hayotdir. (
O. Yoqubov)
Dostları ilə paylaş: