Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayin, bo‘ylab kabi ko‘makchilar, asosan, bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Ko‘ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko‘makchilar jo‘nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Tomon ko‘makchisi bosh va jo‘nalish kelishigi shakli- dagi ismlarga qo‘shiladi. Keyin, bo‘lak, boshqa, o‘zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi ko‘makchilar chiqish kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Old, ost, ust singari vazifadosh ko‘makchilar qarat- qich kelishigi shaklidagi ismlarga qo‘shiladi. Bunday hollarda ba’zan kelishik qo‘shimchasi qo‘llanmasligi ham mumkin. 177-mashq. Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchasini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. Yomonlik nima? Unga duch kelganmisiz? Shu haqda o‘z fikringizni ayting. 1. Kozimbek mashinani yo‘lga chiqarib, qishloq... tomon
yurdi. (Abdulla Qahhor) 2. Qish o‘tib, bahor kelishi bilan
Qorabog‘da o‘tkazilgan qurultoyda Boyazid... ustiga yurishga
qaror qilindi. (Xurshid Davron) 3. Yomonlikdan chiqqan aks
sado har qadam... sayin zaiflasha boradi, bora-bora o‘chib yo‘q
bo‘ladi. (Sh. Rashidov) 4. Kecha Jannat xola o‘g‘li... oldiga
!
84
borganda, soqoli o‘sib ketganini, sochlari quloqlaridan osilib
vahshiy qiyofasiga kirib qolganini ko‘rgan edi. (Said Ahmad)
5. Markaziy xirurgiya klinikasining bosh shifokori Mirsidiq Ja-
lilov bir hafta... beri Namanganda dam olardi. (O‘. Umarbekov)
175-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Vazifadosh ko‘makchilar bilan birga