Verska(1 128) 2017 yil p65


qilish mumkin? Shu haqda bahslashing



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/141
tarix14.03.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#87783
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141
ona-tili-7-sinf-2017-n-mahmudov-a-nurmonov [uzsmart.uz]

qilish mumkin? Shu haqda bahslashing.
1. Mushuk yarmi qizil, yarmi sariq koptokni u yoqdan bu
yoqqa dumalatish bilan ovora edi. (L. Mahmudov) 2. Goh jahlga
!


92
minsam-da sal, Ichim to‘la mehr, qizim. Goh sal qo‘pol, goh
sal dag‘al Dadajoning kechir, qizim. (Yahyo Tog‘a) 3. U chi-
roqni o‘chirib, sandal chetiga yotdi-yu, ko‘nglidagi g‘ulg‘ula
kuchayib ketaverdi. (O‘. Hoshimov) 4. Boyvachcha yer o‘pib,
tavba qilibdi va keksa ota-onasini rozi qilish uchun o‘sha zahoti
ularning huzuriga shoshilibdi. (N. Aminov) 5. Oramizdagi farq
shuki, men nima uchun shu ishni qilayotganimni bilaman,
ammo sizlar bilmaysizlar. (Abdulla Qahhor)
189-mashq.
 Avval sof bog‘lovchili, keyin vazifadosh bog‘lovchili gaplarni
ko‘chiring.
1. Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tekshirib
ko‘rishmaydi? (X. To‘xtaboyev) 2. Ayniqsa, uning odob va axloq
haqidagi «Turkiy Guliston» asari bugungi kungacha o‘z aha-
miyatini yo‘qotgan emas. («Gulxan»dan) 3. Quyuq saksovulzor
duch kelishi bilan kiyikcha o‘zini shu panohgohga urdi-yu,
arang jon saqlab qoldi. (S.Ravshanov) 4. Bir kuni kechasi bir
hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach, eski maktab sari jo‘nadim.
(Abdulla Qodiriy) 5. Oy goh eshik tirqishlaridan mo‘ralar, goh
bulutlar orasida g‘oyib bo‘lardi. (Ch. Aytmatov) 6. Aytishlaricha,
bu tun tugab, Oy o‘z o‘rnini Kunga bo‘shatib berayotgan erta
tong chog‘ida Boychechak bilan Navro‘zoy nihoyat bir-birini
topadi. (Anvar Obidjon)
Savol va topshiriqlar
1. Sof bog‘lovchilarni ayting va ular ishtirokida gaplar tuzing.
2. Qanday bog‘lovchilar vazifadosh bog‘lovchilar deyiladi?
3. Vazifadosh bog‘lovchilarni ham bog‘lovchi, ham o‘z vazifasida
keltirib gaplar tuzing.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin