? O‘zaro teng munosabatdagi gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lab keluvchi bog‘lovchilar teng bog‘lovchilar hisob- lanadi. Teng bog‘lovchilar gap bo‘laklari va gaplarni bog‘lash bilan birga ular o‘rtasidagi mazmuniy munosabatni ham ro‘yobga chiqaradi. Shunga ko‘ra teng bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1) biriktiruv bog‘lovchilari: va, hamda, bilan, ham; 2) zidlov bog‘lovchilari: ammo, lekin, biroq; 3) ayiruv bog‘lovchilari: yoki, yo ... yo, goh ... goh, dam ... dam, bir ... bir, ba’zan ... ba’zan, xoh ... xoh; 4) inkor bog‘lovchisi: na ... na. 185-mashq. Bog‘lovchilarni toping. Qanday mazmuniy munosabatni ro‘yobga chiqarayotganini ayting. 1. Qimmat ham sehrgar kampirning uyiga kelib qolibdi.
Ammo u kampirga biror og‘iz ham shirin so‘z so‘zlamabdi,
aytgan ishlarini qilmabdi. (Ertakdan) 2. Avvalo shuki, kovush
tikishga na charm bor, na sirach, na mix, na lok. (G‘afur G‘ulom)
3. Bu qizcha shu topda undan jon so‘rasa, balki, ayamasdi.
Lekin non qani? (Oybek) 4. U rostini gapirib bergani uchun
onasi urishmadi, balki yolg‘on gapirish odobli bolaning ishi
emasligini aytdi. (Shuhrat) 5. Ko‘ksimdagi sevinch shuncha
zo‘r, Dumalayman maysada tanho. Goh tentirab ketaman
uzoq, Yerni quchib o‘paman goho. (Oybek)
6. Bolari tilida – og‘zida asal,
Ming bir dardga davo, xushta’m va go‘zal
Va lekin dumida nish – zahari bor,
Men uni unutib, ko‘p bo‘ldim o‘sal. (Azim Suyun)
186-mashq. Hamda, biroq, dam ... dam, yoki bog‘lovchilari yordamida «Saxiy quyosh» mavzusida og‘zaki matn tuzing. Savol va topshiriqlar 1. Teng bog‘lovchilar mazmuniy munosabatlariga ko‘ra qanday tur-
larga bo‘linadi?
2. Bog‘lovchilarning har bir turiga misol keltirib, daftaringizga yozing.