88
BOG‘LOVCHILARNING VAZIFASIGA
KO‘RA TURLARI
1-topshiriq. Berilgan gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan bog‘-
lovchilarning nimalarni va qanday yo‘l bilan bog‘lab
kelishini izoh-
lang.
1. Boshlanadi ijod
va turmush. (
Hamid Olimjon) 2.
Men gulni
yaxshi ko‘raman,
chunki u ruhimni ko‘taradi. (
S. Zunnunova)
2-topshiriq. Yuqoridagi bog‘lovchilarning vazifasini ayting.
Vazifasiga ko‘ra bog‘lovchilar teng va ergashtiruvchi
bog‘lovchilarga bo‘linadi.
♦
♦
♦
♦
♦
182-mashq.
Gap tarkibidagi bog‘lovchilarning vazifasiga qarab,
gaplarni jadvaldagi tegishli ustunga joylashtiring. Ma’naviy boylik nima?
Shu haqda fikr bildiring.
1. O‘zi to‘rt tarafi ko‘z ilg‘amaydirg‘an darajada
katta va
sayhon bir yer ekan. (
Abdulla Qodiriy) 2. U seskanib tushdi,
chunki chol ro‘parasiga kelib qolgan edi.
(X. Sultonov) 3. Ba’zan
uloqni to‘dadan olib chiquvchi ham ko‘rinib qoladi,
biroq uning
ketidan uloqchilar chug‘urchuqday yopirilishib, o‘n-o‘n besh
qadamda tutib oladilar. (
Abdulla Qodiriy) 4. Nega
kerak gapning
«nega, nega»si, Yo shoir, yo marhum buning egasi. (
A. Oripov)
5. Qancha yo‘llar bosdim,
gohida toldim, Lekin xalq nomiga
yuqtirmadim gard. (
Mirtemir) 6. Ularda
dard va iztirob ne qilar,
Ular faqat kishnab yurgan yilqilar. (
O‘. Sulaymonov) 7. Yo‘qol-
gan moddiy boylikning o‘rnini to‘ldirish mumkin, lekin ma’na-
viy boylikdan judo bo‘lish – fojia. (
E. Vohidov)
!
Teng bog‘lovchili gaplar
Ergashtiruvchi bog‘lovchili
gaplar