86
Ikki va undan ortiq gap bo‘lagi yoki qo‘shma gap
tarkibidagi sodda gaplarni o‘zaro bog‘lash uchun xizmat
qiluvchi yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Masalan:
va, ammo, lekin, biroq, chunki, yo... yo, dam... dam,
goh... goh singari.
178-mashq.
Nuqtalar o‘rniga bog‘lovchilardan mosini qo‘yib, gaplarni
ko‘chiring.
1. Farzandlari galma-galdan xivichlarni bir yo‘la sindirishga
urinibdi, ... hech biri buning uddasidan chiqa olmabdi.
(
Ertakdan) 2. O‘zi balo tog‘ining ... ofat bulog‘ining Boshida
o‘ltirarmish, Kun-u tun, yoz ham qish. (
Hamid Olimjon)
3. O‘ktam u yoq-bu yoqqa asta yurar, «Komila bu yerda biron
ishga ... majlisga o‘ralashib qolmasaydi» deb xavotirlanardi.
(
Oybek) 4. Sizga bir narsani ko‘rsataman, ... kinoga olmaysiz!
– dedi Islom. (
Sh. Xolmirzayev)
5. O‘zbekning boshida do‘ppisi anvor,
Belbog‘i ... to‘ni misoli do‘st-yor.
Siym-u zarin olsang olgin-u ...
Tegma do‘ppi,
Belbog‘i,
To‘niga zinhor! (
Azim Suyun)
B o g ‘ l o v c h i l a r: va, yo, ammo, bilan, lekin.
179-mashq.
Bilan bog‘lovchi vazifasida kelgan o‘rinlarni aniqlab,
Dostları ilə paylaş: