91
187-mashq.
Uyga vazifa. «Birinchi o‘qituvchim» mavzusida hikoya tuzing.
Hikoyada teng bog‘lovchilardan foydalaning. Ularning tagiga chizib, turini
ayting.
SOF VA VAZIFADOSH BOG‘LOVCHILAR
1-topshiriq. Gaplardagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning qanday
vazifa bajarayotganini aniqlang.
2-topshiriq. Ularning ma’nolarini izohlashga harakat qiling.
1. Kun ilishi
bilan daraxtlar kurtak yoza boshlaydi.
(Parda Tursun)
2. Uning esiga
na sevgi,
na istirohat keldi.
(Oybek) 3. Sen
ham,
men
ham shunga ishonibmiz-a? (
«Gulxan»dan) 4. Biz o‘sha o‘yin-
larda
faqat jismonan emas,
balki ma’naviy jihatdan ham chiniqar
ekanmiz.
(Sh. Xolmirzayev) 5. Kozimbek
bilan Manzuraxon perronda
kezishar edi. (
Abdulla Qahhor)
Bog‘lovchilar ham xuddi ko‘makchilar singari sof va
vazifadosh turlarga bo‘linadi.
Faqat bog‘lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so‘z-
lar sof bog‘lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi.
Bir o‘rinda bog‘lovchi, boshqa o‘rinda ko‘makchi,
yuklama yoki modal so‘z vazifasida keluvchi bog‘lov-
chilar vazifadosh bog‘lovchilar sanaladi.
Masalan: Yozda Buxoroga qarindoshlarimizni ko‘r-
gani bordik ham (bog‘lovchi)
tarixiy obidalarni tomosha
qildik.
Bilimli kishi o‘lsa ham (yuklama)
uning nomi o‘ch-
maydi... (Ahmad Yugnakiy)
188-mashq.
Òarkibida bog‘lovchisi bor gaplarni ko‘chiring. Ularning
sof yoki vazifadosh bog‘lovchi ekanini ayting. Ota-onani nima bilan rozi
Dostları ilə paylaş: