56
114-mashq.
Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni o‘zi bog‘langan
so‘z bilan ko‘chiring. Ularning qaysi biri hokim, qaysisi tobe so‘z ekanini
aniqlang. Tobe so‘zning qaysi kelishikda ekanini ayting.
Shoir yengil bir so‘lish olib, tanburni tokchaga tirab qo‘ydi...
Daricha yoniga o‘tirdi.
Hovlida shabada bilan o‘ynashgan
daraxtlarning yengil
kuyidan boshqa sado yo‘q.
Shoir o‘yga
toldi. Mana u yana Hirotda, o‘z uyida... Balki, endi butun
umr
bu suyukli shaharda muqim bo‘lib qolar...
Kim biladi,
taqdirning xohishi,
jilvasi yana qanday kutilmagan
o‘yinlar
ko‘rsatar ekan! (
Oybek)
115-mashq.
Amir Temur o‘gitlarini ko‘chiring. Kelishik shakllarini
aniqlang va kelishik qo‘shimchalarining tagiga chizing.
Jabr-zulmdan o‘zingni uzoq tut.
Senda biron kishining haqi
bo‘lsa, haqini unutma. Agar sizlar bir tan, bir jon bo‘lsangiz,
sizga adovat qilganlarni yengasiz. Kimki senga do‘stlik qilsa,
do‘stligi qadrini unutma. Unga muruvvat, ehson,
izzat-u ik-
rom ko‘rsat. Ko‘p narsani bilib tursang-da, o‘zingni bilma-
ganga sol.
116-mashq.
Kitob, dars, uy, harakat qilish, orzu so‘zlarini turlang va
ular ishtirokida gaplar tuzing.
Savol va topshiriqlar
1. Turlanish nima?
2. Kelishik shakllari qanday vazifa bajaradi?
3. O‘zbek tilida nechta kelishik bor?
Dostları ilə paylaş: