61
Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda, ko‘p
hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin. Lekin
qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llanilsa,
qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan: Maktabimiz-
ning chiroyli bog‘i.
Qaratqich kelishigi shaxs nomlari, otlashgan so‘zlar
va olmoshga qo‘shilganda, belgisiz qo‘llanmaydi.
126-mashq.
«Katta tanaffusda» mavzusida og‘zaki matn tuzing.
Matnda qaratqich shaklining tushib qolgan yoki qolmaganini aniqlang.
♦
♦
♦
♦
♦
127-mashq.
O‘zingizga yoqqan badiiy asardan kichik bir matnni
ko‘chirib yozing. Matndagi kelishik qo‘shimchalarining tagiga chizing.
Savol va topshiriqlar
1. Qaratqich va qaralmish deb nimaga aytiladi?
2. Qanday holatlarda qaratqich kelishigi qo‘shimchasi tushib qol-
maydi? Misollar bilan izohlang.
3. Qaratqich kelishigidagi so‘z qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: