Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №10 180
bo‘lamiz. Ushbu jarayon avvalgi terminologiya tizimidagi meyor va yangi leksik
birlik o‘rtasidagi qarama-qarshilik, “yashash uchun kurash”dan guvohlik beradi.
Tabiiy, raqobatalashayotgan terminlardan qaysi biri o‘zbek tili terminologiyasi
tarkibidan munosib o‘rin egallashini lisoniy hayot, nutqiy amaliyot va vaqt
ko‘rsatadi. Hozircha ikki dubletli terminlar jumlasiga aksiya - harakat, aksiya;
arxeolog– qadimshunos, arxeolog; blok - ittifoq, blok (deputatlik); veto - veto, ta’qiq;
ofitser – zobit, ofitser; reanimatsiya – jonlantirish, reanimatsiy; termin - atama,
termin; embargo – embargo, ta’qiqlash; sivilizatsiya – sivilizatsiya, tamaddun;
kollegiya – hay’at, kollegiya; denonsatsiya - denonsatsiya, bekor qilish; tif - tif,
terlama;
transplantatsiya-transplantatsiya,
ko‘chirib
o‘tkazish;
mikrokreditmikrokredit, mikroqarz; terapiya-terapiya, davolash; smeta-smeta,
xarajatlar loyihasi; kliyent-server - kliyent-server, mijoz-xodim; agent-vakil, agent;
anketa - so‘rovnoma; anketa, apellyatsiya - shikoyat, apellyatsiya; akklamatsiya-
olqish, akklamatsiya(yur.) va h.k.lar kiritilmoqda. Ba’zi vaziyatlarda, mobodo biron
bir tushuncha ikki, ya’ni o‘z va o‘zlashma (ruscha-baynalmilal) termin bilan
ifodalansa, shubhasiz, afzallik o‘zbekcha terminga beriladi – tilshunoslik
(lingvistika), nazoratchi (inspektor), qalam haqi (gonorar), nizom (ustav),
giyohvandlik (narkomaniya), zahira (rezerv), tenglik (paritet), hokim (mer), jarroh
(xirurg), sil (tuberkulez), dorishunos (farmatsevt), dorishunoslik 45 (farmatsevtika),
tasnif (klassifikatsiya), imlo (orfografiya), qatag‘on (repressiya), sayyora (planeta),
tirkama (pritsep), tovon (reparatsiya) va h.k. Kimyo terminologiyasida faol
qo‘llanuvchi oltin-aurum, kumushargentum, margimush-arsen, oltingugurt-sulfur,
temir-ferrum singari terminlarning lotincha dubletlaridan kimyoviy reaksiyalar
formulalarini o‘qishda istifoda etiladi (Madvaliyev 2017, 22)
O‘zbek tili so‘zga juda boy tillardan. Bunda ham rasmiy ham norasmiy turdagi
so‘zlashuvlarni ham misol qilib kiritishimiz mumkin. Aynan biz ishlatayotgan
so‘zlarning ko‘pchiligi ham boshqa davlat, millat tillaridan kirib kelgan. Shuning
uchun ham sof o‘zbek tilidagi so‘zlarni aniq bilishimiz uchun terminologiya bizga
juda muhim. Terminologiyada so‘zlarning ishlatilishi, qayerdan kirib kelgani, qanday
ma’nolarda ishlatilishi kabilar aniq ko‘rsatiladi.
O‘zbek terminshunoslari oldida yuqorida keltirilgan muammolar qatori
tubandagi masalalarni ham hal etish mas’uliyati ko‘ndalang turibdi: umumqo‘llanish
xarakteridagi ba’zi terminlarning mutanosib variantlarining mavjud emasligi; ilm-fan
va texnika soha terminlarini tartibga solish hamda bir xillashtirishning qoniqarsizligi;
terminlarni qo‘llashda imloviy chalkashliklarga yo‘l qo‘yish; terminografiya
masalalariga bugungi talablardan kelib chiqib yondashish, turli turdagi terminologik
lug‘atlar tuzish va nashr qilish jarayonini boshqarish hamda nazorat qilishning
sustligi; turli sohalarda qo‘llanuvchi terminlar aynanligini ta’minlaydigan metodik
qo‘llanma va davriy byulletenning mavjud emasligi; terminologik leksika, ayniqsa,