Gandining quyidagi so’zlarida yaxshi ifodalangan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini doim
mahkam berkitib o’tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. SHu bilan birga,
ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo’lib uyimni ag’dar-to’ntar qilib
tashlashi, o’zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».
SHuning uchun ham milliy istiqlol g’oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni,
hayotimizni toza havo bilan ta’minlab,
ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini
anglash mumkin.
Globallashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, u xalqlarning, davlatlarning, milliy
madaniyat va iqtisodiyotlarning
yaqinlashishini tezlashtiradi, ularning rivojlanish uchun yangi
imkoniyatlar ochadi.
Globallashuvning salbiy tomoni shundan iboratki, ko’p
ming-ming mayda, qoloq etnik
guruhlar va millatlarning madaniyati, tili, rasm-rusmlari jahon bo’ylab
kuchayib borayotgan
globallashuv jarayonlarida kata millatlar, yirik milliy madaniyatlar, boy tillar bilan raqobatlasha
olmay, o’z-o’zidan faol ijtimoiy-iqtisodiy, lisoniy-zaboniy hayotdan chntga chiqib qolmoqda.
Bunday sharoitda har bir ongli fuqaroning vazifasi – o’z millatining raqobatbardoshligini
ko’tarish, buning
uchun uning faol siyosati, tadbirkor iqtisodiyoti, madaniyatida salmoqli
yutuqlari uchun kurashishdir. Buning uchun mustaqil O’zbekistonning har bir fuqarosi 4 ta
sifatga ega bo’lishi kerak: 1) zamonaviy mutaxassis bo’lishi; 2) o’zbek davlat tili, rus tili, ingliz
tillarini
mukammal bilishi; 3) doim o’z bilim doirasini yangilab borishi va 4) tadbirkor-
tashabbuskor bo’lishi kerak (Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug’at. Mualliflar:
M.Abdullayev va boshqalar. – T.: SHarq, 2006. – 528 b.)
Dostları ilə paylaş: