1. T. Livetning “Garverd biznes revyu” maqolasi haqida. Olomoncha madaniyat oqibatlari


Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum»



Yüklə 438,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/12
tarix23.03.2023
ölçüsü438,39 Kb.
#89280
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
6-mavzu ma\'ruza Xorijiy ommaviy a’borot vositalarining media makondagi o’rni

Egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan olingan. 
Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va 
odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi. 
Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, axloqiy va kommunikativ 
egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning 
fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy 
informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o`zlariga 
o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. 
Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda 
mustaqil fikr bo`lishi lozim. Keyingi yillarda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta 
e’tibor berilishi bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatga aylandi. Ko’plab diniy bayramlar 
ommaviy nishonlanmoqda, televideniye va matbuot tomonidan xalq ehtiyojida bo’lgan diniy 
masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o’rtasida diniy ilm va an’analarga o’rganish 
qiziqish kuchaydi. Biroq bundan foydalangan ba’zi shaxslar o’z manfaatlari yo’lida chet ellik 
yurtimizga suqulib kirmoqchi bo’lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular 
xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag’ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu 
harakatlar tezda o’z natijasini berdi. Farg’ona vodiysi va Toshkent shahrida avj olgan 
«vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga yetib 
borishga ulgurgan «Hizb at-tahrir al-islomiy» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning 
turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi. Modomiki, biz 
yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va Yasaviylar ta’limoti 
asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g’arazli guruhlar bilan buyuk 
ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o’rtasini ajrata oladigan 
darajada bilimli qilishimiz zarur bo’ladi.

Yüklə 438,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin