SSSR barham topgandan so`ng Sharq mamlakatlari
SSSR va sotsialistik mamlakatlar lagerini barham topishi Sharqdagi geosiyosiy
vaziyatni tubdan o`zgartirib yubordi va XXasrning so`nngi o`n yilligida Osiyodagi
siyosiy va mafkuraviy strukturalarning evolyutsiyasi uchun yangi sharoitlarni yaratdi.
Birinchidan xomiysiz qolgan Osiyodagi sotsialistik rejimlar endi mutloqo o`zgacha
sharoitlarga moslashishga majbur edilar. Ulardan faqatgina Shimoliy Koreyadagina
ortodoksal pozitsiyalarda qoldilar, XXR va Vitnam esa bozor munosabatlari yo`liga
(ko`p jihatdan 1991 yilga qadaroq) kirdilar. Ikkinchidan sotsialistik orientatsiya
rejimidagi ko`pgina mamlakatlar shunchaki undan shov-shuvsizgina voz kechib qo`ya
qoldilar.
Ular o`z rejalarini kapitalistik yo`nalish bilan almashtirdilarki, bu hususiy
tadbirkorlikka katta erkinlik berishi va rivojlangan kapitalistik mamlakatlar bilan
yaqinlashuvda ifodalandi, biroq odatda bu davlatlarning ichki tizimi, xususan
iqtisodiyotda davlat sektorining kuchli pozitsiyalari kam o`zgardi. Zero, ko`p
xollarda bu jarayonlar 1991 yilga qadar masalan Misr, Iroq, Jazoir, Suriya va
Pirmada boshlangan edi.
35
Barcha Sharq mamlakatlari uchun SSSR barham topgandan so`ng ilgari SSSR dan
kelgan iqtisodiy va texnikaviy yordamni garchi u G`arb mamlakatlari avvalo AQSH
va GFR yoki sobiq mustamlakachi metropolitsiyalar bilan aloqalarni kuchayishi
xisobiga qanchalik kam darajada bo`lmasin, uning o`rnini to`ldirish vazifasini
ko`ndalang bo`ldi. Sharq mamlakatlari aholi qatlamlari vakillari G`arbning
rivojlangan mamlakatlariga migrotsiyasi ortib bordi. U ilgari ham yuqori darajada
bo`lsa-da, lekin u birmuncha yo`naltirilgan xarakter kasb etardi: maribliklar Faransiya
va boshqa fransuz tili mamlakatlariga ( Belgiya Shvetsiya, Kanadaga ), turklar-
Germaniyaga va hakazo.
Arablarning Buyuk Britaniya va Skandinoviyaga, Eronliklarning Ispaniya va
Fransiyaga, turklarning Fransiya va Skandinaviyaga birmuncha migrotsiyalari yuzaga
keldi. Ilgari faqatgina Buyuk Britaniyaga ketuvchi hindlar va --- Yevropaning boshqa
mamlakatlarida ham paydo bo`la bordilar. Aynan shuning uchun 1990-yillar nafaqat
G`arbning Sharqdagi ta`sirini kuchaytirishi davri balki Sharq mamlakatlarida ham
G`arbda ham millatlararo qarama-qarshiliklarni keskinlashshi bosqichi bo`lib qoldilar.
Afg`onistonda SSSR tomonidan uzoqni ko`rmasdan boshlangan va mag`lubiyatga
uchragan urush Eron, Pokiston va Afg`onistonni birlashtiruvchi giyohvand moddalar
savdosining yangi zonasini vujudga kelishini rag`batlantirdi. Bu yerda harakat
qilayotgan giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi kartellar afg`onlar va O`rta
Osiyo aholisining iqtisodiy qiyinchiliklari, MDX mamlakatlari chegaralarining 1991
yildan keyin muayyan darajada mustahkam emasligi va mintaqadagi siyosiy
barqarorlikda foydalanib giyohvand moddalarni Markaziy Osiyo mamlakatlari orqali
Rossiya va Yevropa mamlakatlariga yetkazib berishni yo`lga qo`ydilar. Giyohvand
moddalar biznesi o`z domiga nafaqat jinoiy strukturalarni, balki turli Sharq va G`arb
davlatlarining o`zidagi burjuaziyani byurokratiya, davlat strukturalari bojxona
tizimlarini muayyan doiralarini ham torib, Eron Pokiston va Afg`oniston davlatlari va
ular bilan chegaradosh bo`lgan MDX respublikalaridagi ijtimoiy - siyosiy
36
vaziyatning muhim omili bo`lib qoldi. Bu esa giyohvand moddalar biznesini
kengaytirishga va ko`plab mamlakatlarni shu jumladan Markaziy Osiyo va
Rossiyaning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, harbiy va aholisining ruhiy ahvoliga
beqarorlashtiruvchi ta`sirini kuchayishiga olib keldi.
Milliy separatizmning keskin ravishda o`sib ketishi SSSR barham topishining eng
muhim oqibati bo`lib qoldi. Sovetlardan keyingimakonda u Qora va Kaspiy
dengizidan tortib, Volga bo`yiga va Tyan-shyangacha bo`lgan koplab mintaqalarni
qamrab oldi. 1988yildan boshlanib ketgan SSSR hududidagi etnik milliy
to`qnashuvlar asta-sekin uzoqqa cho`zilgan urushlarga ( tog`li Qorabog`, Abkaziya va
Tojikistonda) yoki parlament to`qnashuvlarga ( gruzinlarni --- bilan ingushlar bilan
rus va ukrainlarni qrim tatarlari bilan aylanib boradi. Ruslar va Rusiyzabon aholi
Rossiyadan ajralib chiqqan MDX ning ba`zi respublikalari va Boltiq bo`yida ba`zan
huquqsiz vat a`qib qiluvchi kamchilikni tashkil qiluvchi aholi maqomiga tushib
qoladi. Bu aholini etnik to`qnashuvlar hududlaridan chiqib ketishlari nafaqat sobiq
SSSR xalqlarining fojiasining bir qismigina bo`lib qolmay, ular o`rtasidagi
munosabatlarni ham ko`p jihatdan izdan chiqardi, iqtisodiy, siyosiy, madaniy boshqa
xayotiy muhim aloqalarni uzilib qolishiga olib keldi. Biroq SSSR barham topganan
so`ng harbiy professional yollanuvchilarga aylangan bu odamlarning ko`pchiligi
MDX xududidagi turlki qaynoq nuqtalarga yokiu 1991-1997 yillarda barham topgan
Yugoslaviyaga serblar va xarvatlar bilan urush olib borayotgan Posniya
musulmonlariga yordam berish uchun yo`l oladilar. Keyinchalik bu jangarilar
Kosova albanlariga yordam bera boshladilar. Butun sovetlardan keyingi makonni
qamrab olgan etnik ijtimoiy, siyosiy va mafkuraviy inqirozini ifodalagan birinchi va
ikkinchi chechin urushida ularning ishtiroklari yanada salmoqli bo`lgan edi.
|