Afrika - Osiyo birdamligi harakati.
Urushdan keyingi yillarda Sharqda asta-sekin jahon maydonida yuzaga kelgan harbiy-
siyosiy bloklarga qo`shilmaslik harakati vujudga keldi va g`oyaviy, siyosiy kuch
sifatida namoyon bo`la boradi. Bu harakatning ma`naviy omillaridan biri o`z
mamlakatini 36 yil boshqargan (1944-1980) Yugoslaviya prezidenti Iosin Brez Tito
edi. Stalin diktatiga bo`ysunmagan ayni vaqtda sotsializm tamoyillaridan voz
kechmay, uni o`ziga talqin qilib, Stalinning qotib qolgan aqidalariga rozi bo`lmay
Broz Tito o`z mamlakatini u sharqiy blok deb atagan sotsializm lageridan olib chiqib
ketadi. Biroq Moskvaning ayblovlariga qaramaslidan g`arbiy blokka ya`ni AQSH
va uning ittifoqchilariga qo`shilmaydi va umuman hech biriga qo`shilmaslikka qaror
qiladi. Bu siyosatni amalga oshirishda 1945 yildan keyin jahon maydoniga chiqqan,
22
turli sivilizatsiyalar va turlicha ijtimoiy tizimlarga mansub ammo mustamlakachilik
davridan ham ikkinchi jahon urushidan ham meros bo`lib qolgan siyosiy, mafkuraviy,
iqtisodiy, harbiy va hududiy harakatidagi o`tkir davlatlararo ziddiyatlarni tinch yo`l
bilan tartibga solinadigan manfaatdor bo`lgan avvalo sharqni buyuk davlatlari
Hindiston va Xitoyga tayanishga qaror qildi. Bundan tashqari 1950 yillarning
o`rtalarida qo`shilmaslik harakati tug`ilgan vaqtida, endigina Koreya va Vitnamda
(1954 y) urushlar tugagan vaqtda XXR bilan Tayvan o`rtasidagi ziddiyat
keskinlashadi, Malayziyadagi urush xarakatlari davom etadi, O`rta Yer Dengizi
hududida vaziyat yomonlashadi.
Hindistonning tinchliksevarlik va betaraflik pozitsiyalarida turishining o`z
sabablari bo`lib zero xali mamlakat 1947- yili Hindidton va Pokistonning tug`ilishi
vaqtidagi xind-musulmon qirginni tarixini yoddan chiqarmagan edi. O`z navbatida
Xitoy o`zini buyuk davlat hisoblab faqatgina SSSR bilan ittifoqchi bo`lib qolishlikdan
xalos bo`lishini istab, jahon maydoniga Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan
mumkin bo`lsa chiqishga muhtojlik sezardi.
1954-1955 yillardagi I.Broz Tito Hindiston rahbari Javoharlal Neru va XXR
Davlat kengashi premeri Ujeou --- o`rtasidagi muzokaralar 1955 yil aprelida
Gandung shahrida ( Indoneziya ) Osiyo va Afrikaning 39 mamlakati davlat va
hukumat boshliqlarining birinchi konferensiya o`sha vaqtda aytilganidek pozitev
betaraflik ( neytralizm) harbiy bloklariga qo`shilmaslik, o`sha vaqtda saqlanib qolgan
mustamlakalar xalqlarining milliy-ozodlik harakatlarini qo`llab-quvvatlash
imperiyachilik va mustamlakachilikka qarshi kurash, o`zaro hurmat va bir- birining
ishiga aralashmaslik. 1957 yil dekabri 1958-yilning yanvarida Qohirada Osiyo va
Afrikaning 45 mamlakatini iqtisodiy konferinsiya chaqiriladi. Unda Afrika- Osiyo
birdamligi harakatining doimiy organlarini tuzishga qaror qilinadi. Bu harakat
tashkiliy jihatdan 1960-yil aprelda Konakri ( Gvineya) shahrida bo`lgan anjumanda
rasmiylashadi. Unda harakatning Nizomi va Osiyo, Afrika xalqini imperiyachilik va
23
mustamlakachilikka qarshi kurashini birlashtirishi va madaniy taraqqiyotni
ta`limlaridan iborat maqsadlari belgilab olindi.
Biroq Afrika- Osiyo birdamligi ham ziddiyatlardan xoli emas edi. 1959-yildan
Xitoy qo`shinlarini Tibetga kirib borishi va buddistlarning yetakchisi Hindistonga
qochishi munosabati bilan Hindiston bilan XXR o`rtasidagi munosabatlar
yomonlasha boradi. 1960- yillar boshlarida Indonizoya va Malayziya o`rtasida
hududiy baxslar tufayli qarama-qarshiliklar o`sa boradi, bunday xolat amalda
Sharqning ko`pchilik yosh davlatlari uchun harakterli xususiyat edi. 1966 va 1971-
yillardagi Hindiston va Pokiston bilan yaqinlashishi va 1963 yildan ( ba`zi
ma`lumotlarga qaraganda yanada oldinroq ) SSSR bilan
Xitoy
o`rtasidagi
munosabatlarni keskin yomonlashishi bilan birga kechadi. Asosan Xitoyda sodir
bo`lgan voqealar bilan ( ayniqsa mashhur 1966-1975 yillardagi madaniy inqilob bilan
) kelib chiqqan bu keskinlahuv shuningdek jahon kommunistik xarakatida va AQSH
bilan kurash taktikasi masalalaridagi kelishmovchiliklar va ayniqsa Xitoyning sobiq
SSSR va AQSH bilan bir qatorda super derjava bo`lishga intilishi bilan bog`liq edi.
1969-yili inqiroj SSSR bilan XXR o`rtasida chegaradagi Domonsk orolidagi xarbiy
to`qnashuviga olib keldi. Bu sotsialistik davlatlar o`rtasidagi birinchi to`qnashuv
edi. Lekin ko`p o`tmay uning yagona to`qnashuvi emasligi ayon bo`ldi. 1977 yili
XXR bilan Vitnam o`rtasidagi yanayam kengroq ko`lamda harbiy to`qnashuv yuz
beradi.
1954 yili Janubiy va Shimoliy qismga bo`lingan Vitnamda (Koreyaga o`xshab)
mamlakatni bo`linishi qismati og`ir kechdi.
Vitnamni birlashtirishi va qo`shni - va Kombadjada Amerikaparast rejimlarni
barham topishi Vitnamni kichik derjavaga aylanishiga olib keldiku, bu esa Xitoy-
Vitnam munosabatlarini keskinlashtirib harbiy to`qnashuvga olib keldi. Xitoyning
Osiyoda yetakchilik da`volarini xalaqit berishga intildilarki, bu esa o`z navbatida
Afrika-Osiyo birdamligiga salbiy ta`sir ko`rsatmay qolmasdi. Afrika- Osiyo
24
birdamligiga shuningdek Hindiston-Pokiston ziddiyatlari tufayli ham zaiflashadi.
Pokiston 1978-yil aprel inqilobidan so`ng Afg`oniston ishlariga ayniqsa, 1979 yil
dekabrda sovet qo`shinlarini bu mamlakatga kiritilgandan so`ng aralashadi. Gap
nafaqat Pokistonliklar nazarida Afg`onistonda o`rnatilgan hokimiyatning islomga
qarshi qaratilganligida va unga sobiq SSSR ning yordam beryatganidagina emas, gap
shuningdek Pokistonning Afg`onistondagi bekorchilikdan doimiy manfaatdorligi
haqida borar edi, binobarin bu mamlakatda kuchli hukumatni bo`lishi Pokistonning
aholisi pushtunlardek iborat bo`lgan shimoli g`arbiy xududlarini kimga tegishli
ekanligi masalasini kun tartibiga qo`ygan bo`lardi.
Afg`onistondagi urush bu mamlakatning o`zi va sobiq SSSR uchun xalokatli
oqibatlariga olib kelishidan tashqari, Pivavardida Afrika-Osiyo birdamligiga juda
ham salbiy oqibatlarga ega bo`;adi.
1980-yillar boshiga kelganda endi bu harakatning asoschilari (Tito, Neru,
Ujou,Eniloy, Sukarnolar) dunyodan o`tgan edilar. Qolaversa 1950-1960-yillardayoq
Sharq mamlakatlaridagi yaqqol kozga tashlanuvchi imperiya kuchlariga qarshi
qaratilgan nbirdamlik etnik birlilik ko`raq, ( “ barcha arablar” “barcha turklar” “
barcha Xitoylar”) diniy birlikka ko`ra (“ barcha musulmonlar” “barcha katoliklar”
barcha shiyalar”) yoki siyosiy tamoillariga ko`ra yuzaga kelayotgan birlashmalar
bilan almasha boradi.
Arab inqiloblari va Arab dunyosi mustamlaka qaramligi rishtalarini unchalik
uzmasdan XXasr ikkinchi yarmiga qadam qo`yadi. Deyarli barcha arab
mamlakatlarida (Suriya, Livan, Yaman va Saudiya Arabistondan tashqari) chet el
qo`shinlari bo`lib, bu mamlakatlardan ko`plari ( Jazoir, Sudan) xali mustamlakalar
bo`lib kelayotgan boshqalari ham Buyuk Britaniya yoki Fransiya pratektorati ostida
bo`lganliklari holda amalda shunday xolatda edilar. 1952yildagi Misr inqilobi
monorxiyani ag`darib tashlab, ozodlik sari yo`l ochadi. Unga boshchilik qilgan ozod
ofetserlar jamiyati namunasi bo`yicha boshqa arab mamlakatlarida ham tegishli
25
tashkilotlar tuziladi. Ulardan ba`zilarida (Iroqda 1958-yili, Yamanda 1962 yili, Sudan
va Liviyada 1969-yili) bunday senariy asosida ularga inqiloblarni amalgam oshirish
mumkin bo`lmadi. Biroq u yerda ham Misr inqilobining ta`siri sezilarli darajada
bo`lgan edi. U Tunis, (1952 y) Marakat (1953y) va zazoirdagi (1954y)
vatanparvarlarning qurolli kurashlarini boshlanishiga turki beradi, Suriya va
Indoniziyada (1954-1955 yy) da ijobiy siljishlarga imkoniyat yaratadi. Mamlakatdan
ingiliz qo`shinlarini olib chiqib ketishini Suvaysh kanalini milliylashtirishiga
erishgan,arablar birligiga erishishni o`zining miqyosida deb e`lon qilgan Misr
yetakchisi Jamol Abdul Nosir arab millatparvarligi sardori unvoniga sazovar bo`ldi.
Arablar sotsialistik uyg`onishi partiyasining filialiga ega bo`lgan turli arab
mamlakatlarida “Arab millati yagona, uning missiyasi esa abadiydir” degan inkor
tobora ko`proq ommaviylik kasb etaboradi.
G`arb davlatlari (avvalo Angiliya va Fransiya) inqilobiy Misrning paydo
bo`lishi va uning ta`sirida o`zining Yaqin Sharqdan manfaatlariga taxdidini ko`radi.
Buning ustiga uning Misrning Bondung konfederatsiyasida ishtirok etishi, Suriya
bilan birga harbiy bloklarga qarshi chiqishi va Afrika-Osiyo birdamligining
ustunlaridan biri bo`lib qolishi Angliya va Fransiyaning xavotirlarini yanada
kuchaytiradi. Suvaysh kanalini milliyashtirishi ilgari kanlga egalik qilgan iniliz-
fransuz sarmoyasining muhim pozitsiyalaridan birini izdan
chiqardi, Jamol Abdul Nosirning falastin fidoyilarini ( ) qo`llab-quvvatlashi esa
Isroilda salbiy aks sado beradi. Shuning uchun 1956 yil oktabr-noyabrida Misrga
qarshi ingiliz-fransuz isroil agressiyasi bejizdan sodir bo`lmagan edi. Agressorlarning
harbiy jihatdan ustunligiga qaramay ( Isroil Sinay yarim orolini, Angliya va Fransiya
qo`shinlari Suvaysh kanali zonasini okkupatsiya qildilar) ularning bu hatti-harakatlari
--(32) barbod bo`ldi. Amerika Qo`shma Shtatlari ( keyinchalik arablarning e`tiborini
qozonishi uchun ularni qo`llab- quvvatlamadilar, sobiq SSSR esa 1956 yilning 4-
noyabriga kelib Vengiriyadagi inqirozini bir yoqlik qilib, ingiliz- fransuz- isroil
26
qo`shinloarini Misrdan olib chiqib ketishini --- shaklida talab qiladiki, agresserlar
1956 yilning dekabrida o`z qo`shinlari olib chiqib ketishiga majbur bo`ldilar. Misr va
shahsan Jamol Adul Nosirning arab dunyosidagi obro`-e`tibori bundan keyin yanada
ortdiki, bu esa u bilan 1956-yil mustaqillikka erishgan Marokash, Tunis va Sudanni
ayniqsa 1958yil fevralida Misr bilan birgalikda yagona davlat- Birlashgan Arab
Respublikasi (BAR) ni tuzgan Suriyani yaqinlashishiga olib kelgan edi. BAR ga
qo`shilish yo`lini 1958-yilning may-iyulida o`zlarining g`arbparastlik hukumatlariga
qarshi qo`zg`olon ko`targan Livanva Iroqning milliy vatanparvarlik kuchlari ham
ma`qulladilar.
Havotirga tushgan Amerika Qo`shma Shtatlari zudlik bilan o`z qo`shinlarini
Livanga, Buyuk Britaniya esa Iordaniyaga tushirdilar natijada ular bu davlatlarni o`z
ta`siri doirasida ushlab turishiga muvaffaq bo`ldilar, ammo Iroqdagi armiyaning
qo`zg`oloni “14-iyul inqilobi”ga aylanib ketib u mamlakatdagi monorxiya tuzilishi
ag`darib tashlangan, bu voqealarni tayyorlab bergan maxfiy ozod ofitserlar jamiyati (
Misr namunasi bo`yicha) boshchilik qilgan general Abu ali-karim Qosimni
hokimiyatga olib kelgan 14-iyul inqilobiga aylanib ketdi.
Biroq BAR (Birlashgan Arab Respulikasi) bilan Iroq o`rtasidagi munosabatlar
yurishib ketmadi. General Qosim Bar ga qo`shilish tarafdori bo`lgan o`zining
o`rinbosari Abdu Salom Oprifni ishdan chetlashtiradi va Iroqdagi Jamol Abdul Nosir
tarafdorlaridan iborat guruhni shu jumladan Arab Sotsialistik uyg`onish partiyasi
(ASUP)ning mahalliy filialini komunistlar va Kurd millatchilariga tayanib ta`qib qila
boshlaydi. Bu esa o`z navbatida BAR da kommunistlarni ta`qib qilinishiga, bu hodisa
esa shu vaqtga qadar Abdul Nosirni qo`llab quvvatlab kelayotgan SSSR bilan BAR
o`rtasidagi munosabatlarini keskinlashtiradi. Biroq bu razmalka uzoqqa cho`zilmadi,
ayniqsa Suriyani 1961-yili BAR dan ajralib chiqishi ko`p narsani o`zgartirdi.
AQSH prezidenti Duoyt EYzenxaur 1957- yilning yanvaridayoq doktrina ilgari
surgan bolib, bunga ko`ra AQSH Angliya va Fransiyani o`zining -- ta`sirga ega
27
bo`lgan rayonlaridan chiqib ketishi munosabati bilan xosil bo`lgan bo`shliqni
to`ldirishni ko`zladilar. Bir qator mamlakatlar, shu jumladan Livan, Tunis,Iordaniya
SSSR yordam berayotgan Jamol Abdul NOsir hukumatining o`sib borayotgan
ta`siridagn cavotirga tushib bu doktrinani qabul qildilar. AQSHning ikkinchi jahon
urushidan so`ng Yaqin Sharq siyosatining asosida uch tamoyil yotadi: SSSR ning
ta`siriga qarshi kurash, Isroilni barcha vositalar bilan himoya qilish, mintaqaning nefti
boyliklari ustidan o`z hukmronligini ta`minlash. Garchi Isroil masalasida arab
mamlakatlari bilan o`zaro bir birini tushunishga erishish mushkul bo`lsa-da, qo;gan
masalalarda Qo`shma Shtatlar ko`p narsaga erishdilar. Shuning uchun SSSR ning ham
BAR ning ham birgalikda harakat qilishidan boshqa iloji ham yo`q edi. Ular
birgalikda Afrika-Osiyo birdamligini qo`llab-quvvatlashga, intildilar. Ayniqsa bu
ko`pchilik Afrika mamlakatlari mustaqillikka erishgan, Afrika yili deb atalgan 1960-
yili namoyon bo`ldi. Ular shuningdek birgalikda Jazoir va Yamandagi inqiloblarni
qo`llab-quvvatladilar.
Jazoirdagi 1954-yili noyabr inqilobi fransuz rejimiga qarshi ozodlik urushiga
aylanib ketdi. Ozodlik urushiga rahbarlik qilayotgan Milliy ozodlik fronti (MOF) arab
dunyosi, islom davlatlari, SSSR va boshqa sotsialistik davlatlarni qo`llab-
quvvatlashidan foydalandi. Urush Jazoir bilan qo`shni bo`lgan ayniqsa Tunis va
Marakosh aholisi vakillarini urush harakatlariga - holda mintaqadagi vaziyatni
inqilobiylashtirdi. Fransiyaning o`zida Jazoirda mustamlakachilarni o`tkazayotgan
qatog`onlariga qarshi noroziliklar ikki marta 1956-yili hokimiyatga sotsialislar kelgan
vaqtdan va ikki yildan so`ng general De Gollining hokimiyat tepasiga kelishidan oldin
jiddiy siyosiy inqirozga olib keldi.
Jazoirdagi ko`p sonli qurbonliklar va vayrongarchiliklar faqatgina ( jazoirliklardan 1,5
mln kishi halok bo`ldi, 9 ming qishloq vayron qilindi). Fransiya tomonidan kutilgan
natijani bermadi.
28
1959 yil De Golli Jazoirliklarni o`z taqdirinio`zi belgilash huquqini tan oladi.
Biroq Fransiyadagi va ayniqsa Jazoirning Yevropalik aholisi yuqori tabaqasi orasidagi
ashaddiy mustamlakachilarning jon-jahdi bilan qarshilik ko`rsatishi, ular tomonidan
1960 va 1961-yilda isyonlar tashkil qilinishi harbiy harakatlarni yana 2- yilga cho`zib
yuboradi. Faqatgina 1962 yil martida Jazoirda urushni to`xtatilishi va uning aholisiga
1962yil 1-iyulda mustaqillik uchun ovoz berish imkoniyatini bergan tinchlik
axdnomalari imzolandi.
Shu yili “ Ozod ofitserlar” Yamanda manarxiyani ag`darib Respublika e`lon qildilar.
Biroq bu Yaman aholisining katta qismini tashkil qilgan respublika rejimi va unga
1962-1967 yillarda yordam bergan Misr armiyasiga qarshi qabilalarning urushining
boshlanishi edi xalos. Bu urush respublika doirasida qabilalarning muayyan
muhtoriyatini saqlab qoluvchi kelishuv bilan yakuniga yetdi.
Bu voqealar bilan bir vaqtda 1967-yili 1839 yildan beri ingilizlar hokimiyati
ostida bo`lgan janubiy Yamanda mustamlakachilik rejimi ag`darib tashlandi. Bu
yerda mahalliy feoddallar va shuningdek yangi davlat siyosiy yuqori tabaqa
orasidagi bir necha yillik kurashdan so`ng, 1969 yili SSSR bilan bir qadar ochiqchasi
ittifoqchi bo`lgan- sotsialistik yo`nmalish rejimi qaror topdi.
Jamol Abdul Nosir boshchilikdagi Misr arab dunyosi o`z gegemonligini o`rnata
olmadi. 1963-yili Suriya va Iroqda ASUP ning hokimiyat tepasiga kelishi arab birligi
tarafdorlarining kutganidek natijani bermadi. Suriya ASUPi bilan Jamol Abdul Nosir
tez orada kelishmovchilikka boradi. Iroq ASUP bu vaqtda hokimiyatdan
chetlashtiriladi, Misr yo`lini yoqlagan yangi hukmdor general Abdul Salom Orif esa
1966-yili xalok bo`ladi. Uning vorisi Misrdan o`zini tortadi, 1968-yili esa Iroqda
ASUP hokimiyatidan ag`darib tashlandi, u tez orada Misr va Suriya bilan hamkorlik
emas, raqobatlashuv yo`lini tuta boradi. Jamol Abdul Nosir va umuman barcha arab
dunyosi uchun 1967 yil iyun urushudagi mag`lubiyat og`ir zarba bo`ldi. O`sha
vaqtda Isroil armiyasi AQSHning va G`arb davlatlarining asosiy razvodka xizmati
29
ko`p yillik yordamidan foydalanib, shuningdek to`satdan hujum qilish yo`li bilan
6kun ichida Misr, Suriya va Iordaniyaning qurolli kuchlarini tor mor qilib, Sinay
yarim orolini, Iordan daryosi g`arbiy qirg`og`ini va Jo`lan tepaliklarini okkupatsiya
qilib oldi.
Shu bilan birga 1967 yilning iyuni Falastin qarshilik ko`rsatish harakati
(FQKX)ni qayta jonlantirdi. 1948-yili Isroil davlatini tuzilishi vaqtida 1350 ming
kishilik Falastin arablaridan 780 mingga Iordan,Suriya,Livan va Misrdagi BMT ning
tashkil topgan lagerlarida joylashtirilgan qochoqlarga aylantirilgan edi. Qolgan
aholining aksariyati Iordan daryosining g`arbiy qirg`og`I va Fazo senatorida Misr
nazorati ostida qochoqlardan farq qilmagan holda yashamoqda, biyuberin 1947 yil 22
iyunda BMTning qarori natijasida Falastin adolatsiz tarzda bo`linganidan norozi
edilar. Zero bu qarorga muvofiq, Falastin aholisining uchdan bir qismini tashkil
qilgan yaxudiylar mamlakati hududini 56 foizini olgandilar. Buning ustiga 1948-
1949 yillardagi arab-isroil urushi natijasida Isroil Falastin hududining 80 foiziga ega
bo`lib oladi. Falastinlik arablar doimo BMT ning 1952 yildan keyin esa Misr
yetakchisi Jamol Abdul Nosirning bu adolatsizlikka barham berishiga umid bog`lab
keldila.
Bu umidlarni puchga chiqishi asnosida arablar orasida Isroilga qarshi hujum qiluvchi
fidoiylar otryadlari tuzila boradi. Falastinlik fidoiylarga boshqa arab xalqlari
vakillari-jazoirlik, suriyaliklardan tortib to yamanliklar va Iroqliklargacha qo`shila
boradilar. 1964-yili Falastinda arab davlatini qayta tiklash uchun barcha
kurashchilarni siyosiy jihatdan birlashtirish uchun intiluvchi Falastin ozodlik
tashkiloti (FOT) tashkil topdi.
1967 yil iyun Falastinliklarni BMTga va arab mamlakatlariga umidlarini uzil-
kesil kuchga chiqardi. Shuning uchunn ular o`z kuchlarigagina tayanishga qaror
qildilar va Isroil tomonidan okkupatsiya qilib olingan hududlarda portizan urushlarni
avj oldirdilar.
30
1967-1969- yillarda Falastin qarshilik ko`rsatish harakati siyosiy kadrlarning shahsiy
tarkibi 30-marta uning Qurolli Kuchlari soni 150 barovar, ularni qurol yarog` bilan
moliyaviy va boshqa jihatlardan ta`minlaganlik darajasi tahminan 300marta o`sadi.
1967-1970 yillarda Falastin qarshilik ko`rsatish harakatini tez o`sib borishini
arablar falastin inqilobi deb ataladilar. Barcha arab mamlakatlari 1973 yili Falastin
ozodlik tashkilotini Falastin arablarning yagona vakili deb tan olib, unga Arab
davlatlari ligasining a`zosi to`la huquqini berdilar, BMT Bosh Assambilyatsiyasi esa
1974yilning noyabrda Falastin xalqini o`z taqdirini o`zi xal qilishi milliy mustaqillik
va suverenitet huquqi to`g`risida qaror qabul qildi.
Biroq keyingi voqealar bu qarorni hayotga tadbiq qilishini qiyinlashtirib yubordi.
1975-yildan FQKX Livanda uzoqqa cho`zilgan fuqorolar urushiga tortilib ketdi,
buning sabablaridan biri Livan xristian burjuaziyasining o`ng doiralarini mamlakatda
FQKXni ( Falastin arshilik ko`rsatishi harakati) turushini xoxlamasligi sabablari
bo`lgan edi. 1982yili Isroil Livanga bostirib kirib, FQKX ning harbiy jihatdan
zaiflashuvi, uning siyosiy jihatdan zaiflashuviga olib kelmadi. Buning ustiga 1987
yili boshlangan falastinliklarning okkupatsiya qilingan hududlarda tinch qarshilik
ko`rsatishi harakati ( ittifoqda) Isrtoil davlati hukmronligini u bosib olgan hududlarda
shubha ostida keldirardi.
Dostları ilə paylaş: |