so’ng
Avtomobil
obyektini yaratib olish mumkin. Buning uchun quyidagi ifodadan foydalanish
mumkin:
Avtomobil a;
a = new Avtomobil();
Yuqoridagi dastur kodining birinchi qatorida
Avtomobil
turidagi
a
o’zgaruvchisi e’lon
qilingan.
Ikkinchi qatorda
new
kalit so’zi yordamida
Avtomobil
obyekti yaratilib
a
o’zgaruvchisiga biriktirilgan.
Avtomobil
obyekti yaratilgandan so’ng uning o’zgaruvchilari va
metodlariga murojaat qilish mumkin. Masalan:
a.tezligi = 200;
int tez = a.getTezligi();
Metodlar
Metodlar klass tanasida joylashadi. Ular lokal o’zgaruvchilar va boshqa Java ifodalarini o’z
ichiga oladi va ushbu o’zgaruvchilar metod chaqirilganda ishga tushiriladi. Metodlar ularni
chaqirgan ifodaga qiymat qaytarishi mumkin. Qaytariladigan qiymat sodda qiymatlar,
o’zgaruvchi yoki
void
, xech qanday qiymat qaytarilmaydi, bo’lishi mumkin. Metod e’lon
qilinganda qaytariladigan qiymat metod nomidan oldin ko’rsatilishi kerak.
Metodlar qiymat
qabul qilishi xam mumkin va ushbu qiymat chaqiruvchi tomonidan beriladi. Metod e’lon
qilinganda qabul qiladigan qiymat metodni qavslari ichida ko’rsatiladi.
Masalan:
class ArifmetikQiymat
{
int xQiymat;
int yQiymat;
double xisoblash(int x, int y)
{
double arifQiymat = (x + y)/2;
return arifQiymat;
}
}
Ushbu
dasturda
ArifmetikQiymat
klassida ikkita butun sonlarni (
int x
va
int y
) qabul
qiluvchi
xisoblash()
metodi e’lon qilingan. Ushbu metod ratsional (
double
) qiymatni
return
kalit so’zi orqali chaqiruvchi ifodaga qiymat sifatida qaytaradi.
xisoblash()
metodi ichida
arifQiymat
nomli o’zgaruvchi e’lon qilingan. Metod ichida e’lon
qilingan o’zgaruvchilar
lokal o’zgaruvchilar deyiladi. Lokal o’zgaruvchilarni klass
o’zgaruvchilardan farqi shundaki, ular vaqtincha bo’lib metod bajarilguncha axamiyatga ega.
Metod bajarilib bo’lingandan so’ng lokal o’zgaruvchilar o’z axamiyatini yo’qotadi. Bundan
tashqari lokal o’zgaruvchilariga metod tashqarisidan murojaat qilib bo’lmaydi.
Java dasturlash tilida bitta klass ichida bir xil nomga ega bir nechta metodlarni e’lon qilish
xam mumkin. Ushbu printsip
metodni qayta e’lon qilish deb nomlanadi. Faqatgina qayta e’lon
qilingan metod xar xil son va turdagi argumentlarni qabul qilishi shart.
Metod chaqirilganda
kompilyator metod qabul qiladigan argumentlariga qarab ushbu metodlar ichidan kerakligini
ishga tushiradi. Masalan,
public class QabulQilinganQiymat
{
public void qiymat(String s)
{
System.out.println(“birinchi metod”);
System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + s);
}
public void qiymat(int x)
{
System.out.println(“ikkinchi metod”);
System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + x);
}
}
dasturida
qiymat(“tekshiruv”);
metodi chaqirilsa
dastur ekranga
birinchi metod
qabul qilingan qiymat – tekshiruv
chiqarib beradi. Agar,
qiymat(5);
metodi chaqirilsa
dastur ekranga
ikkinchi metod
qabul qilingan qiymat – 5
chiqarib beradi.
Dostları ilə paylaş: