Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/42
tarix24.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#89556
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Tsikllar 
Java dasturlash tilida tsikllar asosan berilgan ifodani biror bir shart to’g’ri bo’lishi davomida 
bajaradi. 
while
tsikli shart to’g’ri bo’lishi davomida ifodani bajaradi. Agar shart to’g’ri bo’lmasa 
tsiklda joylashgan ifoda bajarilmaydi. 
while
tsiklining umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: 
while (shart) ifoda 
Masalan: 
while (xomAshyo > 0) { 
maxsulotIshlabChiqarish(); 
maxsulot++; 
xomAshyo--; 



Dastur 
kodi 
xomAshyo
tugagunga qadar, ya’ni 0ga teng bo’lgunga qadar, 
maxsulotIshlabChiqarish()
metodini ishga tushiradi. Agar 
xomAshyo
bo’lmasa, ya’ni 0ga teng 
bo’lsa, tsikl umuman bajarilmaydi va 
maxsulotIshlabChiqarish()
metodi ishga tushirilmaydi. 
while
tsikli shartni tsikl boshida tekshiradi. Agar shart to’g’ri bo’lmasa tsikl ichidagi ifoda 
umuman bajarilmaydi. Agar tsikl ifodasi shart to’g’ri bo’lmasa xam kamida bir marta bajarilishi 
kerak bo’lsa 
do/while
tsiklidan foydalanish mumkin. Uning umumiy ko’rinishi quyidagicha 
bo’ladi: 
do ifoda while (shart); 
Ushbu tsiklda birinchi ifoda bajariladi keyin esa shart tekshiriladi. Agar shart to’g’ri bo’lsa 
tsikl qaytariladi, aks xolda tsikl to’xtatiladi. Masalan, 
do { 
xaroratniTekshirish(); 
muzlatkichniIshlatish(); 
} while (xarorat > 20); 
Dastur kodi 
xaroratniTekshirish()
va 
muzlatkichniIshlatish()
metodlarini ishga 
tushiradi, keyin esa 
xarorat
qiymatini 20dan katta-kichikligini tekshiradi. Agar 
xarorat
qiymati 
20dan katta bo’lsa tsikl qaytariladi, katta bo’lmasa tsikl to’xtatiladi. 
do/while
shartli ifodaning blok sxemasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi. 
do/while
 shartli ifodaning blok sxemasi 
Belgilangan tsikllar 
for
tsikli xisoblagich yoki xar bir iteratsiyada yangilanib turuvchi o’zgaruvchi orqali 
boshqariladigan iteratsiyalarni tashkil qiladi. 
for
belgilangan tsiklning umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ladi: 
ifoda 
shart 
XA 
YO’Q 


for (bo’lim1; bo’lim2; bo’lim3) 

ifoda; 

bunda, bo’lim1 xisoblagich o’zgaruvchisini e’lon qiladi va uni boshlang’ich qiymatini 
belgilaydi. Bo’lim2 tsiklning xar bir iteratsiyasida tekshiriladigan shartni belgilaydi. Bo’lim3 
xisoblagichni yangilash qoidasini belgilaydi. Masalan, quyidagi tsikl 1 dan 10 gacha bo’lgan 
sonlarni ekranga chiqarib beradi. 
for (int i=1; i<=10; i++) 
System.out.println(i); 
Quyida 
for
tsiklining blok sxemasi keltirilgan. 
for
 tsiklining blok sxemasi 
Shuni aytib o’tish kerakki, for tsiklida e’lon qilingan xisoblagich o’zgaruvchisi faqatgina 
tsikl doirasida amal qiladi. 
Bajarilish tartibini buzuvchi ifodalar 
bo’lim 1 
bo’lim 2 
ifoda 
bo’lim 3 
YO’Q 
XA 


Tsikllar bajarilishi davomida ulardan vaqtidan oldin chiqish yoki keyingi iteratsiyaga o’tish 
extiyoji paydo bo’ladi. Buning uchun 
break
va 
continue
ifodalaridan foydalanish mumkin. 
break
ifodasi yorliqsiz va yorliqli turlariga bo’linadi. Yorliqsiz 
break
ifodasini qo’llashni 
quyidagi misolda ko’rib chiqamiz: 
while (xomAshyo > 0) 

maxsulotIshlabChiqarish(); 
maxsulot++; 
if (maxsulot > reja) break; 
xomAshyo--; 

Ushbu dasturda tsikl ikki xolatda tugaydi, birinchi, agar 
xomAshyo = 0
bo’lganda yoki 
maxsulot = reja
bo’lganda. Demak, 
break
ifodasi tsikldan shartsiz chiqib ketish uchun 
qo’llaniladi. 
Yorliqli 
break
ifodasi bir birida joylashgan tsikllardan chiqish uchun ishlatiladi. Masalan, 
xafta: 
while (kun < 6) 

while (soat < 8) 

ishlash(); 
soat++; 
if (tatil == true) break xafta; 

kun++; 

Ushbu dastur kodida 
tatil == true
sharti to’g’ri bo’lganda 
break
ifodasi joylashgan 
tsikldan emas balki 
break
ifodasidan keyin ko’rsatilgan yorliq tsiklidan chiqiladi. 
continue
ifodasi tsiklning joriy iteratsiyasi bajarilishi to’xtatib ushbu tsiklni keyingi 
iteratsiyasiga o’tkazadi. Masalan, 
for (int i=1; i<=10; i++) 

if (i>5) continue; 
System.out.println(i); 



dastur kodida 
i>5
bo’lganda tsiklning joriy iteratsiyasi bajarilishi to’xtatilib keyingi 
iteratsiyaga o’tiladi. Natijada 
i>5
bo’lganda 
System.out.println(i)
ifodasi bajarilmaydi. 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin