Reja: Mehnat bozori tushunchasi va statistikasining vazifalari



Yüklə 158,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix25.03.2023
ölçüsü158,09 Kb.
#89787
1   2   3   4   5   6
3. мавзуга маьрузалар матни мехнат бозори

MM
ITnr
ITr
B



,


bunda:
ITr  - iqtisodiyotning rasmiy sektorida ishlovchilar soni
ITnr  - iqtisodiyotning norasmiy sektorida ishlovchilar soni;
MM  - migrant mehnatchilar soni - chet ellarda ishlayotgan O’zbekiston 
Respublikasi rezidentlari, ularning mazkur mamlakatda ro’yxatga olingan yoki 
olinmaganligidan qat’i nazar.
Ushbu bobdagi ko’rsatkichlarni hisoblashda davlat statistika hamda mehnat 
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar 
ma’lumotlaridan foydalaniladi. 
Rasmiy sektorda band bo’lganlar soni davlat statistika hisoboti ma’lumotlari 
bo’yicha aniqlanadi va hisoblab chiqiladi hamda quyidagilardan iborat bo’ladi: 
yollanib (mehnat shartnomasi bo’yicha), shu jumladan saylanadigan 
lavozimlarda ishlayotgan doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy xodimlar; 
harbiy xizmatchilar, ichki ishlar organlari va boshqa tashkilotlar xodimlari; 
kooperativlar va shirkatlar a’zolari; 
xususiy korxonalar egalari (ish beruvchilar), shu jumladan fermerlar
yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxs 
sifatida rasman ro’yxatga olingan fuqarolar; 
yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan dehqon xo’jaliklari a’zolari 
hamda shaxsiy yordamchi xo’jaliklarda va dehqon xo’jaliklarida qoramol o’stirish 
bilan band bo’lgan shaxslar; 
nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlari. 
Xalqaro mehnat tashkiloti me’yorlaridan kelib chiqib hamda Davlat statistika 
qo’mitasining hisobga olish va tasniflash amaliyotiga muvofiq iqtisodiyotning 
norasmiy sektorida band bo’lganlar soni tarkibiga ijtimoiy sug’urta va soliq 
organlarida hisobga turmagan quyidagi shaxslar kiradi: 


yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilmagan dehqon xo’jaliklari a’zolari; 
uyda pulli xizmatlar ko’rsatish bilan band bo’lgan shaxslar (enagalar, uy 
xizmatchilari, uy oshpazlari, avtomobil haydovchilar, qorovullar va boshqalar); 
jismoniy shaxslarda haq olib ishlovchi shaxslar; 
oila boshliqlariga ularning tadbirkorlik faoliyatida yordam beruvchi oila 
a’zolari; 
tegishli ro’yxatdan o’tmay ishlovchi tadbirkorlar. 
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band shaxslar soni mehnat 
organlari tomonidan bandlik masalalari bo’yicha har chorakda o’tkaziladigan 
tadqiqotlar asosida aniqlanadi. 
Iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan band aholi sonini aniqlash uchun 
bandlik masalalari bo’yicha tanlama kuzatish ma’lumotlari asosida: 
a) iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning tegishli turlari bilan 
shug’ullanuvchi shaxslar sonining mehnatga layoqatli yoshdagi so’rab 
chiqilganlarning umumiy sonidagi salmog’i quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
100


SS
SSi
ChcSi
,
bunda:ChcSi  - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan 
shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar salmog’i; SSi  - iqtisodiyotning norasmiy 
sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi so’rab chiqilganlar soni; SS  
- mehnatga layoqatli yoshdagi so’ralganlar soni, jami; 
b) olingan salmoq ko’rsatkichi bo’yicha iqtisodiyotning norasmiy sektorida 
faoliyatning aniq turi bilan shug’ullanuvchi aholi sonining hisobi quyidagi formula 
bo’yicha aniqlanadi:
100
CchCi
MLA
ITNPi


,


bunda: ITNPi  - iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan 
shug’ullanuvchilar soni; 
MLA  - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli 
aholi soni. 
v) iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlarning umumiy sonini 
aniqlash uchun faoliyatning har bir aniq turi bo’yicha ITNR to’g’risidagi 
ma’lumotlar jamlanadi: 



Yüklə 158,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin