brana bilan ajratilgan. Ishchi suyuqlik haydalishida gaz yostig'i siqilib,
akkumulatorda bosim 30 MPa gacha ko'tariladi.
14.2. ISHGA TUSHIRISH ENERGETIKASI
Ishga tushirishda valda zarur bo'lgan moment quyidagilardan yig'iladigan
aytanishning qarshi ta’siri majmuasidan
aniqlanadi:
• ishqalanish kuchining qarshiligi;
• yordamchi agregatlarni yuritishga sarflanadigan energiya;
• gaz almashinuvidagi isrof (kiritish va chiqarish);
• dvigatelni ishga tushirish aylanishigacha tezlatishda harakatlanuvchi
qismlarning inersiya kuchlarining qarshi ta’siri.
Sanab o'tilgan parametrlardan asosiylari ishqalanish kuchi ta’siri va
yordamchi agrcgatlaming yuritishga energiya sarfi hisoblanadi.
Bu parametrlarning qiymati dvigatelning turi va ishchi hajmiga,
moyning qovushqoqligiga hamda boshqa qator omillarga bog'liq. Hozirgi
paytda har bir aniq dvigatel uchun atrof-muhitning ma’lum harorati
uchun yetarlicha aniqlik bilan zarur bo'lgan ishga tushirish momenti
kattaligini aniqlashga imkon beradigan analitik bog'liqliklar mavjud emas.
Shuning uchun amaliyotda turli tadqiqotchilar tomonidan taklif qilin
gan empirik bog'liqliklardan foydalanishga to'g'ri keladi.
Masalan, uchqundan o't oldiriladigan dvigatellar uchun A. M. Xvat-
kov tomonidan taklif qilingan formula asosida yotgan va R. N. Davtyan
tomonidan ko'p sonli dvigatellarning sinash bo'yicha aniqlik kiritilgan
bog'liqlikni tavsiya etish mumkin:
Л/,=23 • 10°
Dostları ilə paylaş: