Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

Adabiyot va axloq. San’at jamiyat kishilarining axloqini tasvirlash bilan bir 
axloq Shaklini tasdiqlab, boshqasini inkor etadi. San’atkor bevosita axloqiy masalalar 
to`g`risida so`z yuritmagan chog`da ham o`ziga xos vositalar bilan biror axloqiy 
masalani hal etadi. Lekin badiiy adabiyotni axloq bilan tenglashtirib bo`lmaydi. 
Badiiy adabiyot o`zining axloq o`rgatuvchilik funktsiyasini pand-nasihat yo`li bilan 
amalga oshirmaydi. U yoki bu axloq tabiiy ravishda obrazning mohiyatiga singib 
ketgan bo`ladi. O`gitbozlik boshlangan joyda san’atning o`zi tamom bo`ladi. Ba’zan 
badiiy asarlarda ifoda etilgan narsalar to`g`ri bo`lsa ham, ularning talqini noto`g`ri 
bo`lishi mumkin. Bu muallifning estetik hamda axloqiy ideallari, dunyoqarashiga 
bog`liqdir. Bunga Navoiy va L.Tolstoy ijodlaridan misol keltirish mumkin. San’atkor 
o`z asarida to`g`ri axloqiy tamoyilni ifoda etsa-da, biroq muayyan ob’ektiv va 
sub’ektiv sabablar ta’sirida undan noto`g`ri xulosalar keltirib chiqargan bo`lsa, 
bunday Sharoitda kitobxon asarga o`Sha adashuvni keltirib chiqargan sabablarni 
hisobga olgan holda konkret-tarixiy yondashib, undan to`g`ri xulosalar keltirib 
chiqarib olishi kerak bo`ladi. Bu asarni chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ayrim 
hollarda kitobxonlar axloqsizlikni tasvirlading, deb san’atkorni ayblaydilar. 


V.SHukshin asarlari qahramonlarining axloqsizligi uchun tanqid qilganlarida
yozuvchi o`z muxoliflariga haqqoniylik badiiy adabiyot axloqiy sog`lomligining eng 
oliy mezonidir,- deb javob bergan edi. Zotan, san’atda axloqsizlikni tasvirlash 
axloqsizlik emas, aksincha, hayotning o`zida ana shunday axloqsizliklar bo`la turib, 
ulardan ko`z yumish axloqsizlikdir. SHunday qilib, san’at muayyan hayotiy qarashni 
tasdiqlashdir. Bu tasdiqlangan qarash esa san’atkorning estetik idealiga bog`liq. 
Hayot haqiqatini buzish, undan yuz o`girish axloqsizlikni targ`ib qilishga olib keladi. 
San’at hayot haqiqatini buzsa, u o`z axloqiy qimmatini yo`qotadi. Italiyalik 
kinorejissyor F.Fellini: «Men shunday filpm yaratayki, u kishilarga jasorat ato qilsin. 
Faqat haqiqatning ko`ziga tik qaray olgan taqdirdagina bunga erishish mumkin
xolos», - degan edi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin