zotdir. Biladigan kishilar uchun oyatlarni keng bayon qildik. 98. U sizlarni bir jon (Odam Ato)dan paydo qilgan zotdir. Demak, (inson uchun ona qorni) qarorgoh va (ota pushti) omonatgoh (ekan). Fahmlaydigan qavm uchun oyatlar tafsilotini berdik. 99. U osmondan suv (yomg'ir) tushirgan zotdir. U bilan har narsani (yerdan) undirib chiqardik. Undan yashil giyoh (poliz ekinlari)ni chiqardik. Undan (boshoq kabi) zich tarkibli donlarni chiqaramiz. Xurmodan esa, uning shoxidagi (meva) boshlari (yerga) yaqini (va yaqin bo'lmaganlari) bor. Shuningdek, uzumzor bog'lar, bir-biriga o'xshagan va o'xshamagan zaytun va anorlarni (chiqardik). Ularning mevalagandagi (g'o'r) mevasiga va pishganiga (ibrat ko'zi bilan) boqing! Shu (bilgan)laringizda, albatta, imonli qavmlar uchun alomatlar bordir. 100. Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, ularni (O'zi) yaratgan. Bilmagan holda Unga o'g'il va qizlarni to'qib chiqardilar. U (Alloh) bular tavsif etayotgan (sifat)lardan pok va a'lodir. 101. (U) osmonlar va Yerning ixtirochisidir. Uning yori (jufti) bo'lmagan bo'lsa, qayoqdan unga farzand bo'lsin?! Hamma narsani yaratdi. U hamma narsaning bilimdonidir. 102. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qilingizlar! U har narsa uzra vakil (kuzatuvchi)dir. 103. Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar. U daqiq narsalarni biluvchi va (hamma ishdan) xabardordir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
88
104. Rabbingizdan sizlarga dilkash dalillar keldi. Kimki (qalb ko'zi bilan) ko'ra olsa, o'ziga (yaxshi).