Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
164
18. Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar)
yulduz quvib yetar (halok etar).
19. Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli
narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik.
20. Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham
tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik.
Izoh: Ya'ni ahlu ayollaringiz, xizmatkorlaringiz, chorvalaringiz uchun ham.
21. Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan
(sizlarga) tushirurmiz.
22. Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir)
yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz.
23. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz.
24. Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik.
25. Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir.
26. Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz.
27. Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik.
28. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan
loydan inson yaratuvchiman.
Dostları ilə paylaş: