Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
166
57. (So'ngra, ularga qarab) dedi: "Ey, elchilar! Arzingiz ne?"
58. Ular dedilar: "Bizlar bir jinoyatchi qavmga (Lut qavmiga, ularni halok qilish uchun) yuborilganmiz.
59. Lekin biz Lutning butun oilasini qutqaruvchidirmiz.
60. Faqat uning xotiniga (najot yo'qdir)". (Chunki Biz - Alloh) uning (azob-uqubatda) qoluvchilardan
bo'lishini taqdir qilib qo'yganmiz.
61. Qachonki, Lut oilasiga elchilarimiz kelgach,
62. U (Lut) dedi: "Sizlar notanish qavmsiz".
63. (Ular) dedilar: "Yo'q! (aksincha, biz) senga ular (ya'ni, qavming) shak qilayotgan narsani (Allohning
azobini) keltirdik.
64. Biz senga (azobni) haqiqatan keltirdik. Biz, albatta, rostgo'ydirmiz.
65. Endi sen tunning bir qismida oilang bilan yo'lga tush va o'zing ularning ortida yur. Sizlardan biror
kishi atrofga alanglamasin va (sizlar) buyurilgan tarafga qarab ketaveringlar!"
66. Biz unga (Lutga) tong paytida ana o'shalar (kofirlar)ning dumi qirqilishi (halok bo'lishi) haqidagi
mana shu farmonni vahiy qildik.
67. Shahar aholisi (mehmonlarni eshitib) xursand bo'lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik
illatiga mubtalo bo'lgan edilar. )
68. (Shunda Lut) dedi: "Bu (yigit)lar mening mehmonlarimdir. Meni sharmanda qilmanglar.
69. Allohdan qo'rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!"
Dostları ilə paylaş: