Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
169
NAHL SURASI
Surada asalarilarning namunali hayot tarzi haqida oyatlar mavjudligi uchun unga shu nom berilgan. Surada
qiyomatni takror-takror eslatib, o'sha kunga puxta tayyorgarlik ko'rishga da'vat etiladi. Unda boshqa suralardagi
kabi shirk, kufr, noshukurlik kabi illatlar qoralanib, imon, e'tiqod, shukr, solih amallarga tashviqot etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman!
1. Allohning amri (qiyomat) keldi. Bas, sizlar (ey, mushriklar), uni qistamay qo'ya qolinglar! (Alloh) ular
keltirayotgan shirkdan pok va yuksakdir.
Izoh: Hali kelmagan narsani keldi, deyish hamma tilda ham kelishi yaqin va aniq narsaga ishlatiladi. Qiyomat
kuni ham islomda kelishi aniq va muddati yaqin narsalardan hisoblanadi. Muhammad (a. s.) bir hadislarida:
"Men bilan qiyomat shu ikki barmog'imdek bir-biriga yaqin holda keldik", deganlar. Ya'ni, mening oxirgi
payg'ambar bo'lib kelishimning o'zi qiyomat yaqinligidan darak beradi, demoqchilar. Lekin bu yaqinlik
miqdorini Allohdan o'zga hech kim bilmaydi. Biz uchun yuz yil ham uzoq ko'rinadi. Allohning nazdida esa
necha ming yillar ham yaqin bo'lishi mumkin.
2. (Alloh O'z) amri bilan xohlagan bandalariga farishtalarni (shunday) vahiy bilan tushirur: ("Ey,
payg'ambarlarim! Insonlarni) ogohlantiringlarki, Mendan o'zga iloh yo'q. Bas, (barchalaringiz)
Mendangina qo'rqingiz!"
Dostları ilə paylaş: