Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(nasihatga) quloq tutadigan qavm uchun alomat bordir



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

(nasihatga) quloq tutadigan qavm uchun alomat bordir.
 
66. Darvoqe, sizlar uchun chorva hayvonlarida ham ibrat bordir; sizlarni ularning qorinlaridagi najosat 
va qon oralaridan chiquvchi, (lekin) ichuvchilar uchun ishtahali toza sut bilan sug'orurmiz.
 
67. Xurmo va uzumlarning mevalaridan esa aroq va go'zal (halol) rizq olursizlar. Albatta, bunda ham 
anglaydigan qavm uchun alomat bordir.  
Izoh: Bu oyat nozil qilingan paytda hanuz aroq shar'an man etilmagan edi.  
68. (Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (bo'yruq) qildi: "Tog'larga, daraxtlarga va 
(odamlar) quradigan narsalarga in quringiz.
 
69. So'ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo'ygan yo'llardan yuringiz!" 
Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo'lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda 
fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.
 
70. Sizlarni Alloh yaratdi. So'ngra vafot etdiradi ham. Sizlarning orangizda eng tuban umr ko'rishga 
(keksayib, zaif holatga) qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining hech birini bilmay qoladigan kishilar ham 
bordir. Albatta, Alloh bilimli va qudratlidir.  
Izoh: Islomda oyat va hadis matnidan olingan "arzalul-umr" degan ibora bor. Ya'ni, eng tuban umr, qarib 
qartaygan yosh. Shu necha yoshdan boshlanadi, degan masalada turli tafsirlar bor: birida 60 dan desa, 
boshqasida 75 dan, yana bir rivoyatda 80 dan, boshqasida 90 dan keyin boshlanadi, deyiladi.  
71. Alloh ba'zilaringizdan ba'zilaringizni rizqda yuqori qilib qo'ydi. Bas, bu (rizqda) yuqori qilinganlar 
o'zlarining rizqlarini qo'l ostidagi (qul)lariga bermaydilarki, barchalari (rizqda) barobar bo'lib olsalar. 
Bas, Allohning ne'matini inkor eturlarmi?! 
 
72. Alloh sizlar uchun o'zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o'g'illar va nabiralar 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin