107. Bu (azob-uqubatlar)ga sabab ularning dunyo hayotini oxiratdan afzal bilishlari va Allohning kofirlar qavmini hidoyat qilmasligidir. 108. Ana o'shalar dillarini, quloqlarini va ko'zlarini Alloh muhrlab qo'ygan kishilardir va ana o'shalar g'ofillardir. 109. Shak yo'qki, oxiratda ziyon ko'ruvchilar ham o'shalardir. 110. So'ngra, albatta, Rabbingiz, fitnalarga duchor bo'lganlaridan keyin (Makkadan Madinaga) hijrat qilgan, so'ng (Alloh yo'lida) jihod qilib, (mashaqqatlarga) sabr qilgan zotlar uchun, albatta, Rabbingiz shulardan keyin (ularni) mag'firat qiluvchi va rahm etuvchidir. Izoh: Jihod so'zining izohi uchun Niso surasi, 95-oyat va tavba surasi, 88-oyat izohlariga qaralsin. 111. Har bir jon (egasi) faqat o'zi uchun tortishadigan va har bir jon (egasi) qilgan amalining (mukofotini) zulm qilinmagan holda to'la oladigan Kunni (eslang). 112. Alloh bir shaharni (ya'ni, Makkani) misol keltirur: u tinch, sokin (shahar) edi, har tomondan rizqi kengu mo'l kelib turar edi. Bas, u (aholisi) Allohning ne'matiga noshukrlik qilgach, Alloh unga (aholisiga) bu "hunarlari" sababli ochlik va xavf libosi (balosi)ni totdirib qo'ydi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
177
113. Darhaqiqat, ularga o'zlaridan (chiqqan) bir payg'ambar kelganida, uni yolg'onchiga chiqarishgach, zolim bo'lgan hollarida ularni azob tutdi. 114. Bas, (ey, mo'minlar,) Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalarning poklarini yenglar hamda, agar Allohga ibodat etuvchi bo'lsangizlar, Uning ne'matlariga shukr qilinglar! 115. U sizlarga o'limtikni, qonni, cho'chqa go'shtini va Allohdan o'zgaga atalib so'yilgan narsalarnigina