www.ziyouz.com кутубхонаси
182
olibdimi?! Darhaqiqat, sizlar og'ir so'zni so'zlamoqdasiz!
41. Albatta, bu Qur'onda ularning eslatma olishlari uchun (turli masal va hikmatlarni) bayon qildik.
(Lekin bu eslatmalar) ularni yanada (haqdan) yiroqlashtirmoqda.
42. Ayting: "Agar ular aytganlaridek Alloh bilan birga (boshqa) ilohlar ham bo'lsa edi, u holda ular
Arsh sohibi (Alloh) sari yo'l izlagan bo'lur edilar".
Izoh: Ya'ni Allohga yaqin do'st bo'lib, undan madad olish niyatida, uni izlagan bo'lur edilar.
43. Ular aytgan narsadan U pok va nihoyat darajada yuksakdir.
44. Yetti osmon, Yer va ulardagi bor jonzot Unga tasbeh aytur. Mavjud bo'lgan barcha narsa hamd
bilan Unga tasbeh aytur. Lekin sizlar ularning tasbehlarini anglamaysizlar. Darhaqiqat, U halim va
kechirimli zotdir.
45. (Ey, Muhammad,) Ciz Qur'on qiroat qilganingizda, Biz Siz bilan oxiratga ishonmaydiganlar
o'rtasiga yopiq parda tortib qo'yurmiz.
46. Shuningdek, (Qur'onni) anglay olmasinlar deb ularning dillarida to'siqlar va quloqlarida og'irlik
(karlik) paydo qilurmiz. Qachonki, Siz Qur'onda yolg'iz Rabbingizni zikr qilsangiz, (mushriklar)
orqalariga burilib keturlar.
47. Biz ularning Sizga (qiroatingizga) quloq tutayotgan paytlarida nima sababdan quloq tutayotganlarini
va zolimlar o'zaro shivirlashib, (mo'minlarga): "Aniqki, sehrlangan va aqldan ozgan kishiga
ergashmoqdasizlar", -deyayotganlarini juda yaxshi bilurmiz.
48. (Ey, Muhammad,) ular Sizning haqingizda (sehrlangan, majnun, shoir deb) qanday misol
keltirganlarini, bas, adashib, so'ng yo'lni topa olmayotganlarini ko'ring!
49. Ular: "Suyak va (chirik) murdalarga aylanib ketgach, haqiqatan ham yangitdan yaralib,
Dostları ilə paylaş: |