rizq berurmiz. Ularni o'ldirish, shubhasiz, katta xatodir. 32. Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo'ldir. 33. Alloh taqiqlagan jonni o'ldirmangiz, magar haq (shar'iy sabab) bilangina mumkin. Kimki zulman (ya'ni, nohaq) o'ldirilsa, Biz uning egasi (vorisi) uchun (qasos olishga) saltanat (huquq) berdik. Bas, u (qotilni) o'ldirishda haddan oshmasin! Zero, u yordam beriluvchi shaxsdir. Izoh: Qasosda qotilni o'ldiriladi, lekin shu oliy jazoni adolatli ijro etish talab qilinadi. Masalan, botil qolib, boshqa shaxsni o'ldirmaslik, bir qotil evaziga bittadan ortiq kishini o'ldirmaslik yoki jazo asnosida jazolanuvchiga g'ayri insoniy qiynovlar bermaslik shart qilinadi. 34. Yetimning moliga, to u voyaga yetgunicha, yaqinlashmanglar, illo chiroyli yo'sinda bo'lsa mayli. Ahdga vafo qilinglar! Zero, ahd (Qiyomat kuni) so'raladigan ishdir. 35. (Savdo-sotiqda) o'lchagan vaqtlaringizda o'lchovni to'lato'kis qilinglar va to'g'ri tarozida tortinglar! Mana shu yaxshi va chiroyli yechim (hukm)dir. 36. (Ey, inson), o'zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko'z, dil – bularning barchasi to'g'risida (har bir inson) mas'ul bo'lur (javob berur). 37. Yer yuzida kibrlanib yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog'larga yeta olmaysan. 38. Bularning barchasi Rabbingiz nazdida makruh bo'lgan gunoh(lar)dir. 39. (Ey, Muhammad), bu (oyatlar) Rabbingizning Sizga vahiy qilgan hikmatlaridan (ba'zilari)dir. Allohga boshqa biror "iloh"ni nisbat bermang! Aks holda malomatlangan va (Alloh rahmatidan) mahrum bo'lgan holda jahannamga tashlanursiz. 40. (Ey, mushriklar), Rabbingiz sizlarni o'g'illar bilan mumtoz etib, (O'ziga) farishtalarni qiz qilib
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur