116. Eslang, Biz farishtalarga: "Odamga sajda qilinglar", deyishimiz bilan sajda qildilar, faqat iblis bosh tortdi. 117. Bas, aytdik: "Ey, Odam, albatta, bu (iblis) senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u ikkovingizni jannatdan zinhor chiqarmasinki, baxtsiz bo'lib qolursan. 118. Shubhasiz, sen u joyda (jannatda) och va yalang'och qolmaysan. 119. Va u joyda tashna ham bo'lmaysan, issiqda ham qolmaysan". 120. So'ng shayton unga vasvasa qilib: "Ey, Odam, men senga abadiyat daraxti va chirimas (yo'q bo'lmas) mulkka boshlab boraymi?" - dedi. 121. Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo'lib, yanglishdi. 122. So'ngra Parvardigori uni poklab, tavbasini qabul etdi va hidoyat qildi. 123. (Alloh) aytdi: "Undan (ya'ni, jannatdan) har ikkingiz tushingiz. Ba'zingiz (zurriyotingiz) ba'ziga dushmandir. Bas, sizlarga Men (taraf)dan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo'ldan ozmas va baxtsiz bo'lmas. 124. Kim Mening eslatmamdan yuz o'girsa, bas, albatta, uning uchun tang (baxtsiz) turmush bo'lur va
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
209
Biz uni qiyomat kunida ko'r holda tiriltirurmiz". 125. U: "Rabbim! Nega meni ko'r holda tiriltirding, axir (oldin) ko'ruvchi edim-ku?!" - deydi. 126. (Alloh) aytur: "Shunday. (Lekin) senga Bizning oyatlarimiz kelganida, ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday "unutilursan".