Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
210
O’N YETTINCHI JUZ’
*************************
ANBIYO SURASI
Anbiyo - payg'ambarlar. Surada Allohning yakka-yagonaligiga aqliy dalillar, Yeru osmonlar, barcha
mavjudotlar Allohning hikmati va qudrati bilan yaratilganligi va boshqa aqida va ibodatga doir oyatlar bayon
etiladi. Suraning nomiga monand, unda Ibrohim, Ishoq, Ya'qub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil,
Idris, ZulKifl, Zun-nun (Yunus), Zakariyo va Iso (a. s.)lar to'g'risida ham ma'lumotlar berilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Odamlarga hisobotlari (qiyomat kuni) yaqinlashib qoldi. Ular hanuz g'aflatda, (imon va amaldan) yuz
o'giruvchidirlar.
2. Ularga Parvardigorlari (tomoni)dan biror yangi eslatma (oyat) kelsa, albatta, uni o'ynab (masxaralab)
turib tinglaydilar.
3. Dillari esa g'ofildir. Zolim (kofir)lar: "Bu (Muhammad) o'zlaringizga o'xshagan bir odam-ku! Ko'rib
turib, sehrga (aldanish uchun) kelaverasizlarmi?!" - (deb) o'zaro shivirlashdilar.
4. (Shunda Muhammad) aytdi: "Rabbim osmonu zamindagi (har bir) so'zni bilur. U eshituvchi va
biluvchidir".
5. "Balki, - dedilar ular. - (Muhammad vahiy deb da'vo qilayotgan so'zlar) – alg'ov-dalg'ov tushlardir,
balki uni o'zi to'qib olgandir, balki u shoirdir. Bas, u ham ilgari yuborilgan payg'ambarlar kabi biror
Dostları ilə paylaş: