Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
217
HAJ SURASI
Surada Haj ibodati, Ka'ba tarixi haqida oyatlar borligi uchun unga haj surasi deb nom berilgan. Surada oxirat,
qiyomat voqealari, mahshargohdagi holatlar, imon, e'tiqod, ilohiy o'gitlar keng yoritilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ey, insonlar! Rabbingizdan qo'rqingiz! Zero, qiyomat zilzilasi ulkan (dahshatli) narsadir.
2. Uni ko'radigan kuningizda har bir emizuvchi (ona) emizib turgan (bolasi)ni unutar va har bir
homilador o'z homilasini tashlar hamda odamlarni "mast" holda ko'rasiz, holbuki, ular mast emaslar,
lekin Allohning azobi qattiqdir.
3. Odamlar orasida o'zi bilmagan holda Alloh xususida munozara qiladigan va har qanday itoatsiz
shaytonga ergashib ketadigan kimsalar ham bordir.
4. Uni do'st tutgan kimsani, albatta, yo'ldan ozdirish va do'zax azobiga yo'llash uning zimmasiga yozib
Dostları ilə paylaş: