20. Shaharning ichkarisidan bir kishi shoshgancha kelib: "Ey, Muso, zodagonlar seni o'ldirish uchun til biriktirmoqdalar. Bas, sen (bu shahardan) chiqib ketgin. Albatta, men senga nasihatgo'y kishilardandirman",- dedi. 21. Bas, u qo'rquvga tushib, (atrofni) kuzatgan holda u yerdan chiqib, dedi: "Ey, Rabbim, O'zing menga (bu) zolimlar qavmidan najot bergin!" 22. Qachonki, Madyan (shahri) tomonga ravona bo'lgach, dedi: "Zora Rabbim meni to'g'ri yo'lga hidoyat etsa!" 23. Qachonki, Madyanning suvi (qudug'i)ga yetib kelgach, u joyda bir to'p odamlar (chorvalarini) sug'orayotganlarini ko'rdi va ulardan beriroqda ikki ayol (o'z qo'ylarini) qo'riqlab turganlarini ko'rib: "Sizlarga ne bo'ldi?" - dedi. Ular: "Biz, to podachilar (mollarini) qaytarmaguncha, sug'ora olmaymiz. Otamiz esa qari chol", - dedilar. 24. Shunda (Muso) ularga (qo'ylarini) sug'orib berdi. So'ngra (bir chetdagi) soyaga borib (o'tirib), dedi: "Ey, Rabbim, men uchun nima yaxshilik (rizq) tushirsang, o'shanga muhtojdirman". 25. Bas, ulardan biri hayo bilan yurib kelib: "Otam seni bizlarga (qo'ylarimizni) sug'orib berganing haqini berish uchun chaqirmoqda",- dedi. Bas, (Muso Shuaybning huzuriga) kelib, unga o'z qissasini, so'ylab bergach, u: "Qo'rqmagin. Sen zolimlar qavmidan najot topding", - dedi. 26. (Qizlardan) biri: "Ey, ota, uni (ishga) yollagin! Zero, sen yollagan eng yaxshi kishi kuchli, ishonchli kishidir", - dedi. 27. (Shuayb) aytdi: "Menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana shu ikki qizimdan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
261