35. (Alloh) aytdi: "Biz seni birodaring bilan quvvatlantirurmiz va ikkingiz uchun saltanat (g'alaba ato) qilurmiz. Bas, ular sizlarga (biror) ziyon yetkaza olmaslar. Bizning mo''jizalarimiz bilan sizlar ham, sizlarga ergashganlar ham g'olibdirlar". 36. Bas, qachonki, Muso ularga Bizning aniq mo''jizalarimizni keltirgach, ular: "Bu sehrdan boshqa narsa emas. Bizlar bu narsani o'tgan ota-bobolarimiz (zamoni)da bo'lganini eshitgan emasmiz",- dedilar. 37. Muso aytdi: "Rabbim O'zining huzuridan kimga hidoyat keltirganini ham, oxirat diyoridagi oqibat kimga bo'lishini ham juda yaxshi biluvchidir. Albatta, zolimlar tole topmaslar". 38. Fir'avn: "Ey, odamlar, men sizlar uchun o'zimdan boshqa (biror) ilohni bilmasman. Bas, ey, Homon, loyni pishirib, (g'isht quyib) men uchun bir baland burj (minora) bino qil, shoyadki, men (uning ustiga chiqib) Musoning ilohini ko'rsam. Men uni yolg'onchilardan deb o'ylamoqdaman", - dedi. 39. U (Fir'avn) va uning lashkarlari yer yuzida nohaq kibrlandilar va o'zlarini Bizga qaytarilmaydilar, deb gumon qildilar. 40. Bas, Biz uni va lashkarlarini tutdik-da, dengizga tashladik. Bas, zolimlarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring! 41. Ularni do'zaxga chorlaydigan peshvolar qilib qo'ydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmas. 42. Biz bu dunyoda ularga la'natni ergashtirdik. Qiyomat kunida ham ular qabih kimsalardandirlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
262
43. Biz avvalgi avlodlarni (kofirliklari sababli) halok qilganimizdan keyin Musoga odamlar uchun nur,