ularning aksariyati (buni) bilmaslar. 58. Biz qanchadan-qancha maishati haddan oshgan yurtlarni halok qildik. Bas, maskanlarida ulardan keyin kamdan-kam istiqomat qilindi. (Ularning mulku-diyorlariga) Biz voris bo'ldik. 59. Rabbingiz barcha yurtlarning markazlariga oyatlarimizni ularga tilovat qiladigan payg'ambar yubormagunicha, u (yurtlar)ni halok qiluvchi bo'lmadi. Biz yurtlarni faqat ularning aholisi zolim (kofir) bo'lgandagina halok qiluvchi bo'ldik. 60. Sizlarga nima berilgan bo'lsa faqat dunyo hayotining mato va ziynatlaridir. Alloh huzuridagi (mukofot) esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?! 61. Axir, Biz go'zal va'da (jannat)ni va'da qilgan va unga erishgan kishi, Biz dunyo hayoti matosidan ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida (mangu azobga) hozir qilinuvchi kimsa kabi bo'lurmi?! 62. (Eslang, Alloh qiyomat kuni) ularga nido qilur: "Sizlar (bor deb) e'tiqod qilib yurgan "sheriklarim" qani?!" - deb. 63. Ustilaridan (azob haqidagi) So'z muqarrar bo'lgan kimsalar: "Ey, Rabbimiz, ana u bizlar yo'ldan ozdirgan kimsalarni ham xuddi o'zimiz ozgan kabi yo'ldan ozdirgandirmiz. Bizlar Senga (aybdor emas) oqdirmiz. Ular bizlarga ibodat qiluvchi bo'lmaganlar", - derlar. 64. Ularga: "Shirklaringizni (yordamga) chorlangiz",- deyilur, ularga iltijo qilganlarida (ular) javob qilmaslar va ular azobni ko'rurlar. Agar hidoyat topsalar edi (azobni ko'rmas edilar). 65. (Alloh) ularga nido qilib: "Payg'ambarlarimga ne javob qilgan edinglar?" - deydigan kunda, 66. o'sha kunda ularga xabarlar (bahona va sabablar) ko'rinmay qolur, bas, bir-birlaridan ham so'rasha olmaslar.