Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


ularning aksariyati (buni) bilmaslar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə450/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

ularning aksariyati (buni) bilmaslar.
 
58. Biz qanchadan-qancha maishati haddan oshgan yurtlarni halok qildik. Bas, maskanlarida ulardan 
keyin kamdan-kam istiqomat qilindi. (Ularning mulku-diyorlariga) Biz voris bo'ldik.
 
59. Rabbingiz barcha yurtlarning markazlariga oyatlarimizni ularga tilovat qiladigan payg'ambar 
yubormagunicha, u (yurtlar)ni halok qiluvchi bo'lmadi. Biz yurtlarni faqat ularning aholisi zolim (kofir) 
bo'lgandagina halok qiluvchi bo'ldik.  
60. Sizlarga nima berilgan bo'lsa faqat dunyo hayotining mato va ziynatlaridir. Alloh huzuridagi 
(mukofot) esa yaxshiroq va boqiyroqdir. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?! 
 
61. Axir, Biz go'zal va'da (jannat)ni va'da qilgan va unga erishgan kishi, Biz dunyo hayoti matosidan 
ozgina foydalantirib, so'ngra qiyomat kunida (mangu azobga) hozir qilinuvchi kimsa kabi bo'lurmi?! 
 
62. (Eslang, Alloh qiyomat kuni) ularga nido qilur: "Sizlar (bor deb) e'tiqod qilib yurgan "sheriklarim" 
qani?!" - deb.
 
63. Ustilaridan (azob haqidagi) So'z muqarrar bo'lgan kimsalar: "Ey, Rabbimiz, ana u bizlar yo'ldan 
ozdirgan kimsalarni ham xuddi o'zimiz ozgan kabi yo'ldan ozdirgandirmiz. Bizlar Senga (aybdor emas) 
oqdirmiz. Ular bizlarga ibodat qiluvchi bo'lmaganlar", - derlar.
 
64. Ularga: "Shirklaringizni (yordamga) chorlangiz",- deyilur, ularga iltijo qilganlarida (ular) javob 
qilmaslar va ular azobni ko'rurlar. Agar hidoyat topsalar edi (azobni ko'rmas edilar).
 
65. (Alloh) ularga nido qilib: "Payg'ambarlarimga ne javob qilgan edinglar?" - deydigan kunda, 
 
66. o'sha kunda ularga xabarlar (bahona va sabablar) ko'rinmay qolur, bas, bir-birlaridan ham so'rasha 
olmaslar.
 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   446   447   448   449   450   451   452   453   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin