Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


kelsa, bas, yomonliklarni qilgan kimsalar faqat o'zlari qilgan yomonliklari barobaridagina jazolanurlar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə453/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

kelsa, bas, yomonliklarni qilgan kimsalar faqat o'zlari qilgan yomonliklari barobaridagina jazolanurlar.  
85. (Ey, Muhammad,) albatta, Sizga (ushbu) Qur'onni farz qilgan Zot, shak-shubhasiz, Sizni qaytish 
joyiga (Makkaga) qaytaruvchidir. (Mushriklarga) ayting: "Rabbim hidoyat bilan kelgan kishilarni ham, 
aniq zalolatdagi kimsalarni ham yaxshi biluvchidir!"  
Izoh: Qur'onni farz qilgani - uni tilovat qilishni, hukmiga amal qilishni va uni ummatga yetkazishni farz 
qilganidir. Makkaga qaytishlari esa hijratdan keyingi orzularidan biri edi.  
86. Siz o'zingizga Kitob (Qur'on) tushirilishidan umidvor ham emasdingiz. Faqat Rabbingiz (tomoni)dan 
rahmat sifatida (u nozil qilindi). Bas, kofirlarga sira madadkor bo'lmang! 
 
87. Sizga Allohning oyatlari nozil qilinganidan so'ng zinhor ular Sizga to'sqinlik qilmasinlar! Siz 
(odamlarni) Rabbingizga (ibodat qilishga) chorlang va sira mushriklardan bo'lmang! 
 
88. Allohga qo'shib boshqa "iloh"ga iltijo qilmang! Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning "yuzi"dan boshqa 
barcha narsa halok bo'luvchidir. Hukm Unikidir va Ungagina qaytarilursizlar! 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
265
ANKABUT SURASI  
Ankabut - o'rgimchak, tortanak Surada o'zlari yasagan but - sanamlarga o'zlari sig'inuvchi mushriklar o'zi 
to'qigan to'riga ishonib yashovchi o'rgimchakka o'xshatiladi. Shuningdek, unda imon-e'tiqodli, yaxshi odamlar 
boshiga sinov uchun ko'proq musibatlar tushishi, hayot sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tish yo'llari, 
payg'ambarlar tortgan tashvish va aziyatlar haqidagi qissalar, Qur'oni karimning mo''jizaligi va boshqa ilohiy 
nasihatlar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   449   450   451   452   453   454   455   456   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin