Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
266
14. Biz Nuhni o'z qavmiga (payg'ambar qilib) yubordik. Bas, u ularning orasida ellik yili kam ming yil
turdi. Bas, ularni zolim (kofir) bo'lgan hollarida to'fon (balosi) tutdi.
15. So'ng Biz (Nuh)ga va kemadagi hamrohlariga najot berdik va uni (barcha) olamlarga ibrat qilib
qo'ydik.
16. Ibrohimni (eslang) - u o'z qavmiga degan edi: "Allohga ibodat qilinglar va Undan qo'rqinglar! Agar
biluvchi bo'lsangizlar, mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir.
17. Sizlar Allohni qo'yib faqat butlarga ibodat qilmoqdasizlar va (ularni ilohlar deb) yolg'on
to'qimoqdasizlar. Aniqki, sizlar Allohni qo'yib ibodat qilayotgan narsalar sizlarga rizq berishga qodir
emaslar. Bas, (shunday ekan,) sizlar rizqni Alloh dargohidan istanglar va Ungagina ibodat qilinglar va
Unga shukr qilinglar. Sizlar Ungagina qaytarilursizlar!
18. Agar sizlar (Payg'ambarimni) yolg'onchiga chiqarsangizlar, bas, sizlardan avvalgi ummatlar ham
(o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandirlar. Payg'ambar zimmasida esa faqat (Allohning
Dostları ilə paylaş: