buyruqlarini bandalariga) aniq yetkazishlik bordir". 19. Axir, ular Alloh qanday qilib ilk bor (yo'qdan) yaratishini so'ngra (qiyomat kunida) U o'sha (yaratgan narsasi)ni qaytarishini ko'rmadilarmi?! Albatta, bu Allohga osondir! 20. (Ey, Muhammad,) ayting: "Yerda sayr qilib (Alloh) qanday qilib yaratishni boshlaganini ko'ringlar. So'ngra Alloh (qiyomatda) ikkinchi (marta) paydo qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir! 21. U O'zi xohlagan kimsalarni azoblar va O'zi xohlagan kishilarga rahm qilur. Ungagina qaytarilursizlar! 22. Sizlar na Yerda va na osmonda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emasdirsizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga (biror) do'st va yordamchi yo'qdir!" 23. Allohning oyatlarini va U bilan muloqotda bo'lishni inkor qilgan kimsalar, aynan o'shalar Mening rahmatimdan noumid (mahrum) kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir. 24. Bas, (Ibrohimga) qavmining javobi faqat: "Uni o'ldiringlar yoki yoqib yuboringlar", - deyishlari bo'ldi. So'ngra Alloh unga olovdan najot berdi. Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun ibratlar bordir! 25. (Ibrohim) aytdi: "Sizlar faqat dunyo hayotidagi o'zaro do'stlashishingizni ko'zlab, Allohni qo'yib, butlarni tutdingizlar. So'ngra qiyomat kunida ba'zilaringiz (peshvolaringiz) ba'zilaringizdan (ergashuvchilardan) tonur, ba'zilaringiz ba'zilaringizni la'natlar. Borar joyingiz do'zaxdir. (U joyda) sizlar uchun yordam beruvchilar yo'qdir!" 26. Bas, Lut unga imon keltirdi. (Ibrohim) aytdi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan tomon)ga hijrat qiluvchidirman. Albatta, Uning O'zigina qudrat va hikmat egasidir!" Izoh: Ibrohim (a. s.)ni olovga tashlaganlarida yonib ketmasdan omon qolganlarini ko'rib, Lut (a. s.) birinchi bo'lib, uning barhaq payg'ambarliklarini tasdiq etib, imon keltirganlar.