60. O'z rizqini ko'tara (topa) olmaydigan qanchalab jonzotlar bor. Alloh ularga ham, sizlarga ham rizq
berur. U eshituvchi va biluvchidir!
61. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni (toatiga) bo'yin sundirgan
zot kim?" - deb so'rasangiz, albatta, ular: "Alloh", - derlar. Bas, (shunday ekan), qayoqqa burilib
ketmoqdalar?!
62. Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (O'zi xohlagan kishilarning
rizqini) tang qilur. Albatta, Alloh barcha narsani biluvchidir!
63. Qasamki, agar siz ulardan: "Osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib yerni "o'lganidan" so'ng
"tiriltirilgan" zot kim?" - deb so'rasangiz, albatta, ular: "Alloh", derlar. Siz (ularga): "Allohga hamd!",
-deb ayting! Yo'q, ularning aksariyati aql yurgizmaydilar!
64. Bu dunyo hayoti faqat (ozgina) o'yin kulgidir! Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (haqiqiy) hayot
(joyi)dir.
65. Qachonki, ular kemaga minsalar (g'arq bo'lishdan qo'rqib,) Allohga chin ixlos bilan iltijo qilurlar.
Bas, qachonki, (Alloh ularni quruqlikka chiqarib,) najot bergach, banogoh ular (Allohga yana) shirk
keltirurlar.
66. Biz ularga ato etgan ne'matlarga noshukr bo'laversinlar va (shu dunyodagi hayotdan) "foydalanib"
qolsinlar. Hali yaqinda (haqiqatni) bilib olajaklar!
67. Ular o'zlarining atroflaridagi odamlar qirg'inga uchrab turgan bir paytda, Biz (Makkani) osoyishta
haram qilib qo'yganimizni ko'rmadilarmi?! Nahotki, ular botil (butlar)ga imon keltirib, Allohning
ne'mati (Islom)ni inkor etsalar?!
68. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Haq (Qur'on) kelgan chog'da uni yolg'onga yo'ygan kimsadan
kim ham zolimroqdir?! Kofirlar uchun jahannamda joy bor emasmi?!
Dostları ilə paylaş: |