Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
270
RUM SURASI
Surada VII asrning eng yirik davlatlari - Rum bilan Fors o'rtasida boshlangan jangda Rumning mag'lubiyatga
uchragani, lekin yaqin kelajakda u g'alabaga erishishi to'g'risida xabar beriladi.
Darhaqiqat, yetti yildan so'ng
rumliklar forslar ustidan g'alaba qozonib, Qur'onning ilohiy mo'jizaligi yanada ravshanlashadi.
Suraning boshqa
oyatlarida yana ilohiy da'vat va ibratli qissalar davom ettiriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Alif, Lom, Mim.
2. Rum mag'lub bo'ldi
3. juda yaqin yerda. (Lekin) ular (ya'ni, rumliklar) bu mag'lubiyatlaridan so'ng, albatta, g'alaba qilurlar
4. bir necha yil ichida. Oldin ham, keyin ham ish Allohnikidir. O'sha kunda mo'minlar shodlanurlar.
5. Alloh madad bergani sababli. (U) xohlagan kishiga madad berur. U qudratli va rahmlidir!
Izoh: Forslarning rumliklar ustidan qozongan g'alabasi Makka mushriklarini shodlantirdi. Zero, Rumliklar
nasroniy dinida bo'lib, ilohiy kitob Injilga amal qilar edilar. Musulmonlar ham ilohiy kitob - Qur'onga amal
qilar edilar. Makka mushriklari musulmonlar ustidan kulib, ilohiy kitobga amal qiluvchilar bizga o'xshagan
kitobsiz majusiylardan yengildilar, deb turganlarida mazkur xushxabar nozil qilindi.
6. (Bu) Allohning va'dasidir! Alloh O'z va'dasiga xilof qilmas. Lekin, ko'p odamlar bilmaslar.
7. Ular oxiratdan g'ofil (bexabar) bo'lgan hollarida faqat dunyo hayotining zohirinigina bilurlar.
Dostları ilə paylaş: