birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o'n yilni bitirsang (o'n yil ishlab bersang) o'zingdan (marhamat)dir. Men seni qiynashni istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan". 28. (Muso) dedi: "Mana shu sen bilan mening o'rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so'zimizga guvohdir". 29. Bas, qachonki, Muso (kelishilgan) muddatni o'tab, oilasi bilan (Misr tomon) yo'lga tushgach, Tur (tog'i) tarafidan bir olovni ko'rib qoldi. U oilasiga: "Sizlar (shu yerda) kutib turinglar. Men bir olovni ko'rib qoldim. Shoyad sizlarga biror xabar yoki isinib olishlaringiz uchun (u) olovdan cho'g' olib kelsam", - dedi. 30. Bas, qachonki, uning oldiga yetib kelgach, u muborak joydagi vodiyning o'ng tarafidan - daraxtdan unga nido qilindi: "Ey, Muso, Men (barcha) olamlarning Parvardigori - Allohdirman! 31. Asoyingni (yerga) tashla!" Bas, qachonki, (Muso) uni ilondek qimirlayotganini ko'rgach, ortiga qaramay qochdi. (Unga deyildi:) "Ey, Muso, qayt va qo'rqma! Zero, sen (xavfu-xatardan) omonlikdagi kishilardandirsan! 32. Qo'lingni qo'yningga tiqqin, biror yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur va qanotingni (ya'ni, qo'lingni) qo'rquvdan yumib olgin (u yana o'z holiga qaytur). Bas, shu ikkisi (aso bilan qo'l) Rabbing tomonidan Fir'avn va uning zodagonlariga ikki hujjatdir. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar". 33. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, men ulardan bir jonni o'ldirib qo'yganman. Bas, meni o'ldirishlaridan qo'rqurman. 34. Birodarim Horun mendan ko'ra tili burroroq. Bas, uni ham men bilan birga meni tasdiqlaydigan yordamchi qilib yuborgin. Chunki ular meni yolg'onchi qilishlaridan qo'rqurman".