to'qib olgan ("xudolari") esa ulardan g'oyib bo'lur. 76. Albatta, Qorun Muso qavmidan edi. Bas, u (qavm)larga kibr qildi. Biz unga xazinalardan kalitlari baquvvat jamoatga ham og'irlik qiladigan narsalarni ato etgan edik. O'shanda qavmdoshlari unga: "Hovliqmagin. Chunki, Alloh hovliquvchilarni suymas! 77. Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo'lgan nasibangni ham unutmagin. Alloh senga ehson qilgani kabi sen ham (odamlarga) ehson qil! Yerda buzg'unchilik qilishni istama. Chunki, Alloh buzg'unchilarni suymas", - dedilar. 79. So'ng, (Qorun) qavmi oldiga yasanib chiqqan edi, dunyo hayotini istaydigan kimsalar: "Eh, qani edi, bizlarga ham Qorunga ato etilgan narsa (boylik) bo'lsa. Darhaqiqat, u ulkan nasiba egasidir", - dedilar. 80. Ilm ato etilgan kishilar esa: "O'lim bo'lsin sizlarga! Imon keltirgan va ezgu ish qilgan kishi uchun Allohning savobi yaxshiroq-ku! U (savob)ga faqat sabrli kishilargina erishurlar", - dedilar. 81. Bas, Biz uni ham, hovlisini ham yerga yuttirdik. So'ng uning uchun Allohdan o'zga yordam beradigan biror jamoa bo'lmadi va uning o'zi ham g'oliblardan bo'lmadi. 82. Kuni kecha uning maqomini orzu qilganlar: "Vo ajab, Alloh bandalaridan o'zi xohlagan kishilarning rizqini keng qilib, (O'zi xohlaganlarining rizqini) tang qilib berar ekan-da! Agar Alloh bizlarga marhamat qilmaganida, bizlarni ham (yerga) yuttirgan bo'lur edi. Vo ajab, kofirlar najot topmas ekan da!" - deb qoldilar. 83. Biz o'sha oxirat diyorini yer yuzida zulm va buzg'unchilik qilishni istamaydigan kishilar uchun yaraturmiz. Oqibat esa, taqvoli kishilarnikidir! 84. Kim yaxshilik bilan kelsa, bas, uning uchun undan yaxshiroq (mukofot) bo'lur. Kim yomonlik bilan