Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
274
LUQMON SURASI
Luqmon - tarixda Luqmoni hakim deb shuhrat topgan habashiy bir dono shaxsning nomi. Ulamolar uning
payg'ambar yoki valiy bo'lgani haqida bir fikrga kelisha olmaganlar. Chunki na Qur'onda va na hadislarda
uning kim bo'lgani to'g'risida aniq ma'lumot berilmagan. Faqat Qur'oni karimda uning o'z o'g'liga qilgan
foydali, ibratomuz nasihatlaridan asosiy qismi berilgan. Qolgan qismlarini esa rivoyatlar orqali naql qilinib, to
bizning asrimizgacha ham yetib kelgan. Suraning boshqa oyatlarida tavhid va imonga da'vat, kufr va shirkdan
qaytarish kabi o'gitlar talqin etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Alif, Lom, Mim.
2. Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir,
3. Ezgu amal qiluvchilar uchun hidoyat va rahmat (manbai ekani) jihatidan.
4. Qaysiki, ular namozni to'kis ado etadilar, zakotni (o'z joyiga) beradilar va oxiratga aniq ishonadilar.
5. Parvardigorlari (tarafi)dan hidoyat topganlar ana o'shalardir va najot topuvchilar ham o'shalarning
o'zidir.
Dostları ilə paylaş: