6. Odamlar orasida shunday kimsalar ham borki, ular bilimsizlik bilan (o'zgalarni) Alloh yo'lidan ozdirish uchun va u (yo'lni) masxara qilish uchun behuda so'z(lar)ni sotib olurlar. Ana o'shalar uchun xor qiluvchi azob bordir. 7. Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, go'yo ularni eshitmagandek, go'yo quloqlarida og'irlik (karlik) bordek, kibru havo bilan yuz o'girib ketur. Bas, unga alamli azob haqida "xushxabar" berib qo'ying! 8. Albatta, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun ne'mat bog'lari bordir, 9. u joyda mangu qolurlar. (Bu) Allohning haq va'dasidir. U qudrat va hikmat egasidir. 10. Ko'rayapsizki, osmonlarni ustunlarsiz yaratib, sizlarni tebratmasligi uchun yerda tog'larni barpo qildi va unda har turli jondor(lar)ni tarqatib qo'ydi. Yana Biz osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, (yerda) turli saxovatli (o'simliklarni) undirib qo'ydik. 11. Bular Alloh yaratgan narsalardir. Endi, (ey, mushriklar,) sizlar Menga Undan o'zgalar nimalarni yaratganini ko'rsatinglar-chi! Yo'q, u zolimlar aniq zalolatdadirlar! 12. Biz Luqmonga hikmat ato etdik (va unga dedik): "Allohga shukr qilgin! Kimki shukr qilsa, faqat o'zi uchun shukr qilur. Kimki noshukrlik qilsa, bas, albatta, Alloh behojat va hamd egasidir". 13. Eslang, Luqmon o'g'liga nasihat qilib, degan edi: "Ey, o'g'ilcham, Allohga shirk keltirmagin! Chunki, shirk ulkan zulmdir". 14. Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) amr etdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) ko'tarib yurdi. Uni (ko'krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) "Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!"