www.ziyouz.com кутубхонаси
322
57. Albatta, osmonlar va Yerni yaratish insonlarni yaratishdan kattaroq (ish)dir. Lekin, ko'p odamlar (buni) bilmaydilar. 58. Ko'r bilan ko'ruvchi va imon keltirib, solih amallarni qilganlar bilan yomonlik qiluvchi kimsa barobar bo'lmas. Eslatmani esa, kamdan kam olursizlar. 59. Albatta, qiyomat keluvchidir, u haqda shubha yo'qdir. Lekin, ko'p odamlar (unga) imon keltirmaslar. 60. Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar. 61. Alloh sizlarga orom olishingiz uchun kechani va (kasb va sayr qilishingiz uchun) yorug' kunduzni yaratib qo'ygan zotdir. Albatta, Alloh odamlarga nisbatan fazl sohibidir. Lekin odamlarning ko'plari shukr qilmaydilar. 62. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. (U) barcha narsaning yaratuvchisidir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?! 63. Allohning oyatlarini inkor etuvchi kimsalar mana shunday burilib keturlar. 64. Alloh sizlar uchun Yerni qarorgoh, osmonni tom qilib qo'ygan va sizlarga surat(shakl) berib, suratlaringizni go'zal qilgan hamda sizlarni pok narsalardan rizqlantirgan zotdir. Mana shu Alloh - Parvardigoringizdir. Bas, (barcha) olamlarning Parvardigori bo'lmish Alloh barakotlidir. 65. U tirikdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, (ey, mo’minlar,) sizlar (Allohga) dinni unga xolis qilgan holingizda duo (ibodat) qilingiz! Hamd (barcha) olamlarning Rabbi Allohga (xos)dir. 66. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men o'zimga Rabbim (tomoni)dan hujjatlar kelgan paytda, sizlar Allohni