Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
324
FUSSILAT SURASI
Fussilat so'zi suraning 3-oyatidan olingan bo'lib, mufassal bayon qilindi, degan ma'noni anglatadi. Surada
dunyo hayotining foniyligi, oxiratdagi abadiy hayot uchun ezgu amallar qilish bilan unga tayyorgarlik
ko'rishlikning muhimligi, bu dunyoda fosh etilmagan ma'siyat va gunohlar oxiratda unutilmasligi, balki inson
a'zolarining o'zi qilgan qilmishlarini so'ylab berib, guvohlik berishlari kabi eslatma va nasihatlar, shuningdek,
Allohning hikmat va qudratining buyukligi va boshqa narsalar to'g'risida bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ho, Mim.
2. (Ushbu Qur'on) mehribon va rahmli Alloh tomonidan nozil qilingandir.
3. U biladigan qavm uchun arabiy Qur'on holida (nozil qilinib), oyatlari mufassal bayon qilingan
Kitobdir.
4. (U) xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchidir. Bas, (kofirlarning) ko'plari yuz o'girdilar. Demak, ular
"eshitmaslar".
5. Ular dedilar: "Dillarimiz sen bizlarni da'vat qilayotgan narsadan to'silgan, quloqlarimizda esa og'irlik
(karlik) bordir va sen bilan bizlarning o'rtamizda (bir) parda bordir. Bas, Sen ham (o'z) amalingni
qilaver, bizlar ham, albatta, amal qiluvchidirmiz".
Dostları ilə paylaş: