Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
325
14. O'shanda payg'ambarlari ularning oldilaridan ham, orqalaridan ham kelishib: "Faqat Allohgagina
ibodat qilinglar" (deganlarida), ular: "Agar Rabbimiz (payg'ambar yuborishni) xohlaganida, albatta,
farishtalarni nozil qilgan bo'lur edi. Bas, (sizlar odamzot ekansizlar,) sizlar elchi qilib yuborilgan dinga
biz kofirdirmiz", - dedilar.
15. Bas, Od (qabilasi) yerda nohaq kibrlandilar va "Kuch-quvvatda bizlardan kim zo'rroq?" - dedilar.
Axir, ular o'zlarini yaratgan Alloh kuch-quvvatda ulardan zo'rroq ekanini bilmadilarmi?! Ular Bizning
oyatlarimizni inkor etuvchi bo'ldilar.
16. Bas, ularga (mana shu) dunyo hayotida xor qiluvchi azobni totdirib qo'yish uchun nahs kunlarda
ustilariga bir dahshatli bo'ron yubordik. Oxirat azobi esa, shubhasiz, yanada xor qiluvchiroqdir va
ularga yordam berilmas.
Izoh: Nahs kunlar - Shavvol oyi oxirining chorshanba kunidan kelasi chorshanba kunigacha. Shu hafta
mobaynida bo'ron bo'lgan. Boshqa rivoyatda uch yil deyiladi.
17. Samud (qabilasi) esa, bas, ularni (to'g'ri yo'lga) hidoyat qilgan edik, ular hidoyatni qo'yib, ko'rlikni
(zalolatni) ixtiyor qildilar. Bas, o'z qilmishlari sababli ularni xor etuvchi azob chaqmog'i urdi.
18. Imon keltirgan va taqvoli bo'lgan zotlarga najot berdik.
19. Allohning dushmanlari do'zaxga (haydalish uchun) to'planib, tizilib turadigan Kunni (eslang).
20. Bas, qachonki, ular (do'zaxga) kelishgach, ularning quloqlari, ko'zlari va terilari ular qilib o'tgan
Dostları ilə paylaş: