28. Bu (azob) Alloh dushmanlarining jazosi bo'lmish do'zaxdir. Ular uchun oyatlarimizni inkor qiluvchi bo'lganlari sababli o'sha joyda mangu qolish bordir. 29. Kofir bo'lgan kimsalar deydilar: "Parvardigoro, bizlarni (To'g'ri yo'lingdan) ozdirgan insu jindan bo'lmish kimsalarni bizlarga ko'rsatgin, ularni oyoqosti qilaylik, toki ular (do'zaxning qa'ridagi) eng tuban (xor) kimsalardan bo'lsinlar". 30. Albatta: "Rabbimiz - Alloh", - deb so'ngra (toat-ibodatda) to'g'ri (ustivor) bo'lgan zotlar huzuriga (o'lim paytida) farishtalar tushib (derlar): "Qo'rqmanglar va g'amgin bo'lmanglar. Sizlarga va'da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar! 31. Dunyo hayotida ham, oxiratda ham biz sizlarning do'stlaringizdirmiz. Sizlar uchun (jannatda) ko'ngillaringiz tilagan narsalar va sizlar uchun u joyda istagan narsalaringiz bordir. 32. (Bu) mag'firatli va mehribon zot (tomoni)dan bo'lmish ziyofatdir". 33. Alloh (yo'li)ga da'vat etgan va o'zi ham solih amal qilib, "Men musulmonlardandirman", - degan kishidan kim chiroyliroq so'zlovchidir?! 34. Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo'lmas. Siz (yomonlikni) go'zalroq (muomala) bilan daf qiling! (Shunda) birdan siz bilan o'rtalaringizda adovat bo'lgan kimsa qaynoq (qalin) do'stdek bo'lib qolur. 35. Unga faqat sabrli zotlargina erishurlar, unga faqat ulug' nasiba egasigina erishur. 36. Agar Sizni shayton tomonidan vasvasa tutmoqchi bo'lsa, u holda Allohdan panoh so'rang. Zero, U eshituvchi va biluvchi zotdir. 37. Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning alomatlaridandir. Agar sizlar (Allohga) ibodat qiluvchi bo'lsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmangizlar, (balki) ularni yaratgan zot - Allohga sajda