Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
333
17. Qachonki, ularning birortasiga Rahmonga misol qilgan narsa (qiz tug'ilgani) haqida "xushxabar"
berilsa, g'azabga to'lib, yuzi qorayib ketar.
18. Zeb-ziynat ichida o'stiriladigan, munozarada (o'z maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan (zaifa)ni-
ya!
19. Rahmonning bandalari bo'lmish farishtalarni "qizlar" dedilar. YO ularni (farishtalarni) yaratishga
guvoh bo'lganmidilar?! Ularning bu "guvoh"liklari, albatta, yozilur va ular (qiyomat kunida) so'roq
qilinurlar.
20. Ular: "Agar Rahmon xohlaganida, bizlar ularga (butlarga) ibodat qilmagan bo'lur edik", - deydilar.
Ular uchun bunga (hech qanday) bilim (asos) yo'qdir. Ular faqat yolg'on so'zlamoqdalar.
21. Yoki Biz ularga undan (Qur'ondan) oldin (biror) kitob ato etganmiz-u, ular o'shani tutuvchimilar?!
22. Balki ular (shunday) deydilar: "Bizlar ota-bobolarimizni bir din uzra topganmiz va albatta, bizlar
ularning izlaridan borib hidoyat topuvchilardirmiz".
23. (Ey, Muhammad,) shuningdek, Sizdan ilgari qaysi bir shaharga ogohlantiruvchi (payg'ambar)
yubormaylik, u joyning maishatparastlari: "Albatta, bizlar ota-bobolarimizni bir millat (din) uzra
topganmiz va albatta, bizlar ularning izlaridan ergashuvchidirmiz", - deganlar.
24. (Payg'ambar ularga) "Agar men sizlarga siz ota-bobolaringizni u uzra topgan narsa (din)dan
Dostları ilə paylaş: